Tomas Tuxel Koul Palmerning terma jamoaga chaqirilmagani haqida:
«Unda o'nlik pozitsiyasida yetarlicha o'yinchilarimiz bor va biz oldingi yig'inda bo'lgan tarkibni saqlab qolishga qaror qildik, chunki birga o'tkazgan ikki yarim haftadan mamnun qoldik.
Bizga Josh King qo'shildi, lekin men uni ikkala qanotda ham sinab ko'rmoqchiman. Aslida, u hujumdagi to'rtta pozitsiyaning istalganida o'ynay oladigan universal futbolchi.
O'ylaymanki, har qanday futbolchi terma jamoada o'ynashni istaydi. Koul ham bundan mustasno emas. Ammo u o'zini ko'rsatish uchun juda ko'p imkoniyatlarni boy berdi. Bunda shaxsiy hech narsa yo'q. Biz hech qachon Palmer terma jamoaga kelishni xohlamaydi deb o'ylamaganmiz, bular shunchaki taxminlar».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!