#Cole Palmer — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Bukayo Saka jahon chempionati oldidan o'z holati haqida gapirdi

Bukayo Saka jahon chempionati oldidan o'z holati haqida gapirdi

Bukayo Saka jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni va hozirgi jismoniy holati haqida gapirib o'tdi.

Bukayo Saka jahon chempionati oldidan o'zining jismoniy holati haqida fikr bildirdi:

«Menga ushbu turnirga yuz foizlik tayyorgarlik bilan kelishni istardim, ammo bu amalga oshmadi. Barchasi buni tushunib turardi va yuklamalarni imkon qadar to'g'ri taqsimlashga harakat qilishdi. Hozir o'zimni a'lo darajada his qilyapman va o'ynashga to'liq tayyorman»

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel JChga formada bo'lmagan va to'liq tayyor bo'lmagan Sakani Foden va Palmerdan ustun qo'ygandi.

O'ng ustun yangiliklari

Morgan Rojers Koul Palmer haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Morgan Rojers Koul Palmer haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Morgan Rojers Koul Palmerning Angliya terma jamoasida o'ynashni istamasligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Tomas Tuxel esa Rojersning himoyasini qo'llab-quvvatladi.

Morgan Rojers Koul Palmerning Angliya terma jamoasida o'ynashni istamasligi haqidagi gaplarni yolg'on deb atadi:

«Bu yolg'on. U shu yerda bo'lishni istaydi. U terma jamoaga chaqiruv olishni va har doimgidek o'z mamlakati sharafini himoya qilish uchun kelishni xohlagandi. Odamlar buni shunchaki yangilik deb qabul qilib, aytish oson bo'lgan gaplarni gapirishmoqda».
«Biz hammamiz bilamizki, o'tgan yili jarohatlar tufayli u qiyin davrni boshdan kechirdi va shaxsan men bilamanki, o'shandan beri u doimiy ravishda ularning oqibatlari bilan kurashib kelmoqda. O'tgan yili jarohatlar sababli u ancha tushkun holatda edi va maydonda o'zini 100 foiz his qilmayotgandi».
«Shuning uchun u shu yerda bo'lishni va o'zining eng yaxshi versiyasi bo'lishni istaydi. Albatta, xohlaydi, kim ham xohlamasdi deysiz? Ammo u o'z organizmining holatini ham nazorat qilishi kerak. U yana 10-15 yil o'ynashni xohlaydi, shuning uchun yuklamalarni to'g'ri taqsimlashiga to'g'ri keladi».
«Agar uzoq muddatli foyda uchun qisqa muddatda o'zini asrashi kerak bo'lsa, demak, u shunday qilishi shart va bunday qarorni to'liq qo'llab-quvvatlash kerak».
«Buning Angliya terma jamoasiga aloqasi yo'q yoki u yerda o'ynashni istamaslik degan gaplar yo'q. Aslida, odamlarning insonning Angliya terma jamoasida o'ynash istagini shubha ostiga olishi shunchaki bema'nilik».
«Siz uning yuzidagi quvonch va tabassumni ko'ryapsiz, futbolni qanchalik yaxshi ko'rishini ko'ryapsiz. Shuning uchun, rostini aytsam, men buni tushunmayapman, u ham tushunmayapti. Ammo u bunga chidashga majbur. Sizni ishontirib aytamanki: u shu yerda bo'lishni va o'z mamlakati uchun o'ynashni istaydi».

Tomas Tuxel Rojersning Palmerni himoya qilganiga hech qanday muammo ko'rmadi:

«Bu mutlaqo normal holat. U uning jamoadoshi va, chamamda, do'sti, shunday ekan, nega endi u buni qilmasligi kerak? Nega u shunday qilgan bo'lsa, hissiyot bilan gapirmasligi kerak?».
«Men Morgan aytgan so'zlarni eshitmadim, shuning uchun izoh bermayman. Men ayta oladigan yagona narsa shuki, men Morgan hissiy jihatdan qanchalik jalb qilinganidan va jismoniy fidoyiligidan juda mamnun bo'ldim».
«O'ylaymanki, bugun u ham hujumda, ham himoyada maydondagi eng yorqin o'yinchi bo'ldi. Aynan shu narsa muhim».
Cole Palmer va Estevao Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Cole Palmer va Estevao Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

«Chelsi» futbolchilari Koul Palmer va Estevao Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Ular o'z rekordlarini tasdiqlovchi sertifikatlarni qabul qilib olishdi.

Biznikilar Ginnesning rekordlar kitobida! 🏆

Yaqinda «Chelsi» futbolchilari o'z rekordlarini tasdiqlovchi sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Palmer — APL tarixidagi eng tezkor mukammal xet-trik muallifi, Estevao esa «Bola de Ouro» (mavsumning eng yaxshi braziliyalik futbolchisi sovrini) sohibi bo'lgan eng yosh o'yinchi hisoblanadi. 🔵