Cole Palmer: «Xabi Alonso menga maydonda erkin bo'lishni aytdi»
Гордость Лондона ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Cole Palmer: «Xabi Alonso menga maydonda erkin bo'lishni aytdi»

🔵 Cole Palmer «Men in Blazers» nashriga bergan intervyusida o'z faoliyati, «Chelsi»dagi o'zgarishlar va shaxsiy qarashlari haqida gapirib o'tdi.

💬 «Fulxem» darvozasiga gol urganingdan so'ng quloqlaringni ko'rsatding. Bu bilan nima demoqchi eding?

«Ular tayyor emasligini».

💬 Dunyo tayyormi? Yoki raqiblarmi? Yoki umuman barchamizmi?

«Barchangiz».

💬 Bu yozda Morgan Rojers bilan yana bir jamoada birlashdingiz. Sizlar 14 yoshdan beri, «Siti» akademiyasidan buyon do'stsiz. Tushunishimcha, uning «Chelsi»ga o'tishiga sen yordam berdingmi?

«Men unga jamoamizga katta yordam berishini aytdim. Biz boshqa yaxshi o'yinchilarni ham tarkibga qo'shib olyapmiz, shuning uchun kuchli jamoa bo'lamiz va yaxshi natijalarga erishamiz».

💬 Morgan Rojers bilan birga qanday o'ynashingizni tasvirlab bera olasanmi? U nima qiladi va o'zaro tushunish uchun senga nima kerak?

«O'ylashimcha, biz turlichamiz. U jismonan baquvvatroq, kuchliroq, men esa texnik jihatdan ustunroqman».

💬 Agar Morgan Rojers bu mavsumda 20 ta gol ursa, nishonlash huquqini u bilan bo'lishasanmi?

«Agar menga pul to'lasa».

💬 O'tgan mavsum qiyin kechdi. Seningcha, buning sababi nimada edi?

«Asosan jarohatlar tufayli. Maydonga tushganda: «Buni qila olamanmi yoki yo'q?» deb o'ylaysan. Juda ko'p o'ylashni boshlaysan. Ilgari qila olgan narsalaringni endi qila olmaysan, chunki oldin urinib ko'rganingda og'riq bo'lgan. Ammo hozir buni ortda qoldirdim».

💬 «Chelsi»ga yangi bosh murabbiy — Xabi Alonso keldi. O'tgan hafta u bizga seni jahon darajasidagi futbolchi ekanligingni aytdi. Xabi senga qanday asosiy maslahat berdi?

«U shunchaki: «Erkin bo'l», dedi. Chunki u o'zimni yaxshi his qilganimda va maydon bo'ylab erkin harakatlanib, raqibga xavf sola oladigan zonalarni topa olganimda nimalarga qodirligimni biladi».

💬 Blits-so'rov. Nima qilgan bo'larding: o'z muxlislaringni hayajonga solishmi yoki raqib stadionini butunlay jim qilib qo'yishmi?

«O'z muxlislarimni hayajonga solishni».

💬 Nima qilgan bo'larding: rabona yoki panenka bilan gol urish?

«Rabona».

💬 Nima qilgan bo'larding: Devid Bekxem kabi jarima zarbalarini ijro etishmi yoki uchishni o'rganishmi?

«Uchishni o'rganishni».

💬 Nima qilgan bo'larding: NBA yoki NFL yulduzi bo'lish?

«Qaysi biriga ko'proq pul to'lashadi? NBA yulduzi».

💬 Agar futbolchi bo'lmaganingda, kim bo'larding?

«DJ».

💬 24 yoshdasan va ko'p narsaga erishding. Hozirgi kunda faoliyatingdagi eng asosiy yutug'ing nima?

«Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi g'alaba».

💬 Professional futbolchi bo'lishning eng yaxshi tomoni nima?

«Har kuni o'zing yoqtirgan ish bilan shug'ullanish».

💬 Eng qiyini nima?

«Balki, u bilan bog'liq bo'lgan bosimdir».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!