Joao Pedro Palmer va Rojers bilan bog'liqlik haqida:
Koul hamma narsani uddalaydi – gol urish, uzatma berish, jarima zarbalarini ijro etish. U o'zgacha futbolchi.
To'p uning oyog'ida bo'lganda, men shunchaki tayyor turishim kerak. O'z vaqtida ochilib, yugurishim lozim, chunki Koul ajoyib pas bera oladi. Menga esa faqat gol urish qoladi. Aks holda u keyin: "Joao, endi golli uzatmani sen berishing kerak!" deb aytadi.
Morgan juda texnikali. U ikki-uch raqibni aldab o'tib, to'pni oldinga olib bora oladi. Biz undan aynan shuni kutamiz. O'ylaymanki, u mavsumni juda yaxshi boshladi.
Koul bilan men to'pni uning oyog'iga uzatishga harakat qilaman. Morgan bilan esa ko'proq bo'sh hududga yoki u raqib bilan birga-bir qoladigan vaziyatga. Mening vazifam esa – ochilish va yugurish. Ular meni topib olishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!