Malo Gyusto va Estevao atrofidagi vaziyat
Fabrisio Romano Malo Gyustoga bo'lgan qiziqishlar va Estevaoning «Chelsi» bilan yangi shartnomasi borasidagi ma'lumotlarni ulashdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, ko'plab klublar Malo Gyusto atrofidagi vaziyatni aniqlashtirish uchun bog'lanishmoqda.
Uning holatini yanvar yoki yozda kuzatib borish kerak — bu kelib tushadigan takliflarga bog'liq.
Ayni damda «Manchester Yunayted» boshqa pozitsiyalarga ustunlik bermoqda, ammo Angliyada futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar bor.
Estevaoning «Chelsi» bilan yangi shartnomasi yaqin hafta va oylar ichida muhokama mavzusiga aylanishi mumkin.