The Athletic xabariga ko'ra, Emega shu hafta mashg'ulotlarga qaytdi va APL startiga qadar tayyor bo'ladi. Klub niderlandiyalik futbolchini kelgusi mavsum uchun tarkibda olib qolishga qaror qildi.
Chelsi bir qator o'yinchilar bilan xayrlashmoqchi. Bu moliyaviy muammolar bilan emas, balki yevrokuboklarsiz o'tadigan mavsum oldidan tarkibni optimallashtirish bilan bog'liq. Murabbiy Alonso o'yin amaliyoti yo'qligidan norozi bo'lgan futbolchilarsiz ishlashni istaydi.
Chelsi rahbariyati Siti hali ham Enzo Fernandes uchun taklif bilan chiqishini kutmoqda. Siti manbalari esa klub 120 million funt to'lamasligini ta'kidlashmoqda. Londonliklar endi futbolchi uchun undan ham yuqoriroq narx belgilashgan va raqibni kuchaytirishni istashmayapti.
Netu uchun qiziqish bor, ammo Chelsi 100 million funt talab qilmoqda. Jekson Villa va boshqa klublar nishonida, narxi – 65 million. Delap uchun 50 million funtdan ko'proq so'ralmoqda.
Disasi APL klubiga o'tishga yaqin. Chelsi 25 million funt kutgan bo'lsa-da, sotib olish huquqi yoki majburiyati bilan ijaraga rozi bo'lishi mumkin.
Tosin, Sarr va Mudrikka Yevropa hamda Angliya klublaridan qiziqish bor. Adarabioyoni doimiy asosda, Mamadu va Mishani esa ijaraga olishlari mumkin.
Anselmino ijara uchun ochiq, ammo asosiy tarkibga integratsiya qilinishi ham istisno qilinmaydi. Kelliman Strasburga to'liq transfer qilinishga yaqin, shartnomada qaytarib sotib olish opsiyasi mavjud.
Paesning River Pleytdagi ijarasi rasman bekor qilinmagan, ammo bu vaqt masalasi. Futbolchiga Yevropa va Angliyadan qiziqish bor.
Emenalo Seltikka ijaraga o'tishga yaqin, Uigan esa Uolshni ijaraga olish ustida ishlamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!