🚨 The Telegraph xabariga ko'ra, Nikolas Jekson, Liam Delap va Tosin Adarabioyo "Chelsi" birinchi jamoasidan alohida shug'ullanayotgan 12 nafar futbolchidan iborat guruhga kiritilgan.
Ta'kidlash joizki, klub "bomb squad" amaliyotidan voz kechgan: 12 nafargacha futbolchini o'z ichiga olgan ushbu guruh avvalgi yillardagidek akademiya binosida emas, balki birinchi jamoa bilan bir vaqtda, bir xil maydonlarda va bir xil bazada shug'ullanmoqda.
Ikkinchi guruh nafaqat klub sotib yubormoqchi bo'lgan futbolchilar, balki sport formasini tiklab olishi, ijaraga ketishi kerak bo'lgan yoki shunchaki yosh o'yinchilar uchun ham xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Entso Fernandes, Pedru Netu va Malo Gyusto asosiy tarkib bilan birga shug'ullanmoqda. Bu "Chelsi" ushbu uchlikdan birortasini faol ravishda sotishga urinmayotganini va agar klub rad eta olmaydigan taklif kelib tushmasa, ularni saqlab qolishga tayyorligini anglatadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!