Malo Gyusto «Chelsi»ni tark etishi mumkinmi?
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●○ Transfer 👁 34

Malo Gyusto «Chelsi»ni tark etishi mumkinmi?

«Chelsi» yaqin transfer oynalarida Malo Gyusto bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Biroq fransiyalik futbolchi «Stemford Brij»ni tark etishga unchalik ishtiyoqmand emas. Gyusto faqatgina yangi klubi uning futbolchilik faoliyatida sezilarli qadam bo'lishiga amin bo'lsagina transferga rozi bo'ladi. Aks holda, u «Chelsi»da qolishni afzal ko'radi, unga hammasi ma'qul, deb xabar berdi Sasha Tavolyeri.

O'tgan yozda Gyustoga eng faol qiziqish bildirgan klub «Atletiko» bo'lgandi. Shuningdek, vaziyatni kuzatib borayotgan klublar qatorida «Yuventus», «Bavariya» va «PSJ» nomlari ham tilga olinmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!