🚨 Fabrice Hawkins xabariga ko'ra, Malo Gyusto transfer oynasi yopilgunga qadar "Chelsi"dan ketishi mumkin.
Marko Palestra bilan shartnoma imzolanganidan so'ng, londonliklar futbolchining ketishiga ruxsat berishga tayyor.
"Chelsi" Gyusto uchun 75 million funt sterling talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda qiziqish bildirayotgan klublar bu narxni juda yuqori deb hisoblashmoqda.
"Manchester Siti" futbolchini sotib olish imkoniyatini o'rganib chiqqan, ammo "Chelsi"ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!