#Denni Uelbek — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Danny Welbeck: «Manchester United»da to'g'ri mentalitet shakllangan»

Danny Welbeck: «Manchester United»da to'g'ri mentalitet shakllangan»

Danni Uelbek «Manchester Yunayted»dagi faoliyati uning xarakteri va mentaliteti shakllanishida muhim rol o'ynaganini ta'kidladi.

🗣️ Danni Uelbek:

«Men «Manchester Yunayted»da o'tkazgan yillarimni tez-tez eslayman, chunki aynan o'sha yerda menda to'g'ri mentalitet shakllangan. Jumladan, meni qiyinchiliklarni yengib o'tish va muvaffaqiyatsizliklarga bardosh berishga o'rgatishgan.

Men ser Aleks qo'l ostida birinchi jamoaga endi kirib kelayotganimda va o'sha avlod futbolchilari yonida shug'ullanganimda, ular menga ko'plab muhim fazilatlarni rivojlantirish va xarakterimni chiniqtirishda yordam berishgan, buning evaziga men bugungi kundagi o'zimga aylandim».
Tobi Alderveyreld "Chelsi"ning yangi transferlarini yuqori baholadi

Tobi Alderveyreld "Chelsi"ning yangi transferlarini yuqori baholadi

Tobi Alderveyreld "Chelsi"ning Jordan Xenderson va Danni Uelbek bilan shartnoma imzolaganini yuqori baholadi.

🔵 Tobi Alderveyreld "Chelsi"ning Jordan Xenderson va Danni Uelbekni tarkibga qo'shib olganini ijobiy baholadi:

"Chelsi" ko'p pul sarfladi, ammo futbolda shunchaki muvaffaqiyat sotib olib bo'lmaydi. Yaxshi jamoa tuzish kerak, shunchaki kuchli o'yinchilarni yig'ish kifoya emas. Buning uchun kiyim almashtirish xonasida yetakchilar bo'lishi shart: ular har doim ham maydonga tushmasligi mumkin, lekin boshqalardan har kuni zalda ishlashni, rivojlanishni, taslim bo'lmaslikni va qiyin pallalarda nima talab etilishini tushunishni talab qiladigan futbolchilar kerak".
"Uelbek va Xenderson kabi o'yinchilar xotirjamlikni saqlashni va yoshlarga kurashish vaqti kelganini ko'rsatib bera oladi. Aynan shuning uchun ham bu tajribali jangchilar yoshlar bilan bir qatorda juda muhim. Yaxshi balans kerak. Premer-liganing qiyin o'yinlarida har hafta g'alaba uchun kurasha oladigan jamoa shakllantirish lozim. Xenderson va Uelbek Xabi Alonsoga o'rnak bo'lishda yordam bera oladi".