Alonso "Hull"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Alonso "Hull"ga qarshi o'yin oldidan Palmer, Kaysedo va jamoaning holati haqida gapirdi.
Alonso "Hull"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani o'tkazdi. Asosiy jihatlar:
🗣️ Palmer va Rojers hamda o'yinning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurash haqida:
Ikkalasi ham bu sovrin uchun yaqin bo'lgani juda yaxshi. Ular bir-biri bilan o'ynashdan zavq olishadi. Kimdir jamoaga yordam berganda ham zavqlanishadi. Jamoada munosabatlarimiz yaxshi, Joau bilan bo'lgan trio esa ajoyib ko'rinadi.
Do'stona munosabatlar maydonda yordam beradimi? Menimcha, juda ham. Ular birga o'ynashdan oldin ham darhol o'zaro bog'liqlikni his qilishgan. Albatta, biz transfergacha ham aynan shu bog'liqlikka tikkan edik. Koul ham bu o'tishda juda katta yordam berdi va muhim rol o'ynadi.
🗣️ Yakirovichning "Chelsi" futbolchilarini to'xtatish uchun ularni oyoqlariga tepish kerakligi haqidagi hazili haqida:
Gaplar haqida gapirmaylik, bu imkonsiz. Biz ertangi o'yinga "Arsenal"ga qarshi o'yindagidek hurmat va mas'uliyat bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ularni mag'lub etish qiyin bo'ladi. Ular o'zlariga ishonishadi, murabbiy ajoyib ish olib bormoqda. Bu qiyin o'yin bo'ladi.
Muvozanatni topish muhim. Diqqat, mehnat – bularning barchasi jarayonning bir qismi. Biz raqobatbardosh bo'lishni istaymiz. Yaxshi bo'lishni yoki hujumda yanada yaxshiroq bo'lishni xohlaymiz, chunki hujumda o'sishimiz mumkin deb hisoblayman. Albatta, kamroq gol o'tkazib yuborishni ham istaymiz.
🗣️ Kaysedoning tayyorligi haqida:
Afsuski, hozircha yo'q. "Brentford"ga qarshi o'yindan oldin ko'ramiz. Hozir u bilan tavakkal qiladigan vaqt emas.
🗣️ Boshqa jarohatlanganlar haqida:
Palestra, Xenderson va Emega – barchasi tayyor emas. Xendo va Emega "Brentford"ga tayyor bo'lishiga umid qilamiz, lekin ko'ramiz.
🗣️ "Hull"ning starti haqida:
Ular hozirgi o'rnida bo'lishga loyiq, nega endi yo'q? Ular "MYu", "Koventri" va "Villa"ga qarshi o'ynashdi, yaxshi o'yin ko'rsatishdi. O'yinni nima xohlashlari va qanday kurashishlari haqidagi aniq g'oya atrofida qurishdi. Mentalitet, har bir to'p uchun kurashish istagi.
🗣️ Netu haqida:
Men uchun u vinger. Siz uni vinger yoki lateral deb atashingiz mumkin. U hujumning oxirgi chizig'ida o'ynashga va birinchi chiziqda himoyalanishga qodir. U ko'p narsaga qodir. Birga-bir vaziyatlarda yaxshi, gol uradi, fantastik ishchanlik qobiliyatiga ega. Uni "Chelsi"dagi o'yinlaridan yaxshi bilaman. Bunday futbolchi asosiy tarkib uchun kurashishini va maydonda jang qilishini darhol tushunasiz. Biz jamoamizda aynan shunday futbolchilar bo'lishini istaymiz.