Cole Palmer «Chelsi» safida 50 ta gol marrasiga yetdi
Cole Palmer «Chelsi» safida Premer-ligadagi 50-golini urdi. U ushbu natijaga 105 ta o'yinda erishdi.
🥶 Cole Palmer «Chelsi» safida Premer-ligadagi 50-golini urdi. Unga ushbu natijaga erishish uchun 105 ta o'yin kerak bo'ldi.
«Ko'klar» tarkibida bundan tezroq natijani faqat Jimmi Floyd Hasselbaynk (84 ta o'yin) va Diyego Kosta (85 ta o'yin) qayd etishgan.
Bundan tashqari, Palmer Frenk Lemparddan (147 ta gol) keyin «Chelsi» safida Premer-ligada 50 va undan ortiq gol urgan ikkinchi ingliz futbolchisiga aylandi.