Mikel Arteta: «Xall Siti»ga qarshi o'yinda kuchli o'yin namoyish etishimiz kerak»
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Mikel Arteta: «Xall Siti»ga qarshi o'yinda kuchli o'yin namoyish etishimiz kerak»

🗣️ Mikel Arteta «Xall Siti»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida:

«Biz ertangi o'yinning ilk daqiqalaridanoq maksimal darajada kuchli harakat qilishni istaymiz. Hozir qanday formada ekanligimizni tushunamiz va ayniqsa, xalqaro tanaffus oldidan bu muvaffaqiyatni davom ettirishimiz kerak. Chunki noyabr va dekabr oylarida bizni nimalar kutayotganini juda yaxshi bilamiz».

🗣️ Mikel Arteta Ben Uaytning Angliya terma jamoasiga qaytishi haqida:

«Bu juda ajoyib! U uchun juda xursandman. Ben o'tmishda qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganini bilamiz, shuning uchun uning uchun alohida xursandmiz. U bu lahzaga loyiq va undan zavq olishi kerak».

🗣️ Mikel Arteta Noni Maduekening Angliya terma jamoasiga chaqirilmagani haqida:

«Tomas Tuxelda tanlov imkoniyati juda katta va u qaror qabul qilishga majbur. Bu safar u o'z tanlovini amalga oshirdi va men buni to'liq uning ixtiyoriga qoldiraman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!