Roy Kin Tomas Tuxelning Job Bellingemni Kobbi Maynudan ustun qo'ygan qarori haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Rostini aytsam, bu qarorni tushunmayapman. Jobga nisbatan hurmat saqlagan holda aytamanki, Maynu Angliya terma jamoasiga ko'proq narsa bera oladi.
Kobbi bosim ostida o'yinni boshqarish uchun zarur bo'lgan xotirjamlik, o'yin intellekti va texnikaga ega. U qachon to'pni ushlab turishni va qachon vaziyatni keskinlashtirishni tushunadi. Aynan shunday sifatlar Angliyaga yetishmayapti.
Angliya Kubogi finalida «Siti»ga qarshi o'yinda u gol urdi va bunday yosh futbolchidan kutib bo'lmaydigan darajada yetuklik ko'rsatdi. U eng jiddiy sinovlarga tayyorligini allaqachon isbotlab bo'ldi.
Yarim himoyani tanlashdagi xatolar jahon chempionatida qimmatga tushishi mumkin. Tuxel hamma narsani murakkablashtirishni to'xtatishi kerak: eng kuchlilarini odatiy pozitsiyalarida maydonga tushirib, ularga ishonch bildirish lozim. Maynu asosiy tarkibdan joy olishga loyiq».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!