Jeyms Daker, The Telegraph xabariga ko'ra:
2023-yilgi yozgi transfer oynasidan so'ng, Manchester United yangi futbolchilarni sotib olish va amaldagi shartnomalarni uzaytirishda maoshlar tizimini o'zgartirdi.
Eski tizim bo'yicha, Chempionlar ligasiga yo'llanma olingan taqdirda futbolchilarning maoshi avtomatik tarzda 25 foizga oshirilgan. Yangi shartnomalarda esa maosh oshishi faqat futbolchi o'tgan mavsumda o'yin vaqtining kamida 60 foizida maydonda harakat qilgan taqdirdagina amalga oshadi.
Joshua Zirkze ushbu ko'rsatkichga erisha olmadi, shu sababli uning maoshi oshirilmadi. Klubning maqsadi — jamoa muvaffaqiyatiga muntazam hissa qo'shayotganlarni rag'batlantirish hamda yaxshi o'yin ko'rsatmagan yoki zaxirada qolgan futbolchilarga ortiqcha bonuslar to'lashdan qochishdir. Ushbu tizim maoshlar xarajatini millionlab tejashga yordam bermoqda.
Markus Reshford va Meyson Maunt eski shartnomalar asosida qolishgan va ular uchun 25 foizlik avtomatik oshirish tizimi hali ham amal qiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!