UEFA «Ayaks»ni jarimaga tortdi
UEFA «Ayaks» klubini Konferensiyalar ligasi doirasidagi o'yinda pirotexnika ishlatgani uchun jarimaga tortdi.
😀 UEFA «Ayaks»ni kamida 15 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi va klubga nisbatan bitta yevrokubok o'yinida safar o'yinlariga muxlislarni kiritmaslik bo'yicha shartli jazo tayinladi.
Bunga Konferensiyalar ligasi doirasidagi «Midtyullann»ga qarshi o'yinda pirotexnika vositalaridan foydalanilgani sabab bo'ldi. Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda amsterdamliklar 6:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
O'yin oldidan pirotexnika sababli maydonda ulkan tutun buluti hosil bo'lgandi.