Niderlandda muxlislar uchun yangi tizim joriy etiladi
Eredivisie ↗ ●●●●● Umumiy 👁 5

Niderlandda muxlislar uchun yangi tizim joriy etiladi

🏟️ Niderlandiya muxlislar birlashmasi (SCN) futbol ishqibozlari uchun PDT (shaxsiy raqamli kirish) tizimining joriy etilishidan jiddiy xavotirda.

2028/29-yilgi mavsumdan boshlab klublar futbol o'yinlariga tashrif buyurishni xavfsizroq, osonroq va adolatliroq qilish uchun PDT tizimidan foydalanishga majbur bo'ladilar.

Biroq, muxlislar vakillari ushbu tizimning oqibatlaridan xavotir bildirishmoqda.

"Albatta, biz ham futbol barcha uchun ochiq, xavfsiz va yoqimli bo'lib qolishini istaymiz. Ammo qabul qilinayotgan choralar zarur va mutanosib bo'lishi kerak, chunki ular yuz minglab muxlislarga ta'sir qiladi".
"Agar ushbu ma'lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta'minlash hozircha imkonsiz bo'lsa, PDT tizimini umuman majburiy qilish kerakmi? Kichik bir guruh odamlarga qarshi kurashish bahonasida ulkan muxlislar ommasi uchun muammolar yaratilib qolmaydimi?"
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!