Timoteush Puxach: «Men «Manchester Yunayted» muxlisiman»
«Sabah» himoyachisi Timoteush Puxach «Manchester Yunayted»ga muxlislik qilishini va Brunu Fernandesni jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb bilishini aytdi.
«Sabah» chap qanot himoyachisi Timoteush Puxach o'yindan so'ng muxlislar bilan muloqotda shunday dedi:
Men «MYu» dunyodagi eng katta klub ekanligini bilaman. Men o'zim «Yunayted»ga muxlislik qilaman. Ha, bu eng yaxshi tajriba bo'ldi. Bugungi oqshomdan keyin Brunu jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb hisoblayman. Brununing futbolkasini oldimmi? Yo'q, Markusning maykasini oldim.