Valdas Dambrauskas: «Brunu bizni deyarli yakson qildi»
«Saboh» bosh murabbiyi Valdas Dambrauskas «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yindan so'ng Brunu Fernandeshning o'yiniga yuqori baho berdi.
🗣️ Valdas Dambrauskas, «Saboh» murabbiyi, — «Manchester Yunayted»ning to'rtinchi goli haqida:
«Agar epizodni tahlil qilsak, biz juda soddalarcha o'ynadik. Butun murabbiylik faoliyatim davomida, nazarimda, ilk bor bunday gol o'tkazib yubordim. Shu sababli, Brunu'ga munosib baho berishdan boshqa iloj yo'q — u yuqori saviyadagi futbolchi. Bugun u bizni deyarli yakson qildi. Tushunishimcha, u to'rtta golning barchasida ishtirok etdi».