Erik ten Xag «Manchester Yunayted»dagi muammolar va o'tkazib yuborilgan transferlar haqida
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 32

Erik ten Xag «Manchester Yunayted»dagi muammolar va o'tkazib yuborilgan transferlar haqida

🗣️ Erik ten Xag:

o'zining «Manchester Yunayted»dagi faoliyati, toksik muhit, sobiq «Real» futbolchilari va Markus Reshford haqida:
«Klubda hamon rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan toksik madaniyat mavjud, ular futbolchilarga haddan tashqari ko'p ta'sir o'tkazish imkonini berishadi.

Mening nazarimda, bunday yondashuvni Ronaldu, Kazemiro va Varan olib kelishgan. «Real»da ular futbolchilar katta vakolatga ega ekanligiga va ko'plab qarorlarni belgilashlari mumkinligiga o'rganib qolishgan. Ammo «Yunayted»ning o'sha rivojlanish bosqichi uchun bunday model mutlaqo mos kelmasdi.

Rahbariyat intensiv, hujumkor futbol qurishga intilgan, biroq bu o'yinchilar o'zlari uchun odatiy bo'lgan uslubda harakat qilishni afzal ko'rishgan.

Reshfordga kelsak, to'g'ri munosabatda bo'lsa, u ajoyib futbolchi. Men har doim unga ishonganman va o'yin vaqti berganman. Biroq yuqori talablar ba'zida murakkab qarorlar qabul qilishni taqozo etadi».
Skott Maktominiyning sotilishi, Frenki de Yong va Harri Keyn transferlari hamda jamoani butlash haqida:
«Ibissadagi uchrashuv chog'ida biz kelishuvga erishgandik va men Skott Maktominiyni sotish mumkin emasligini ochiq aytganman.

Bizga gollar yetishmasdi, Skott esa natija keltirardi, ajoyib xarakterga ega edi va chinakamiga «Yunayted» ruhini aks ettirardi. Men uning ketishiga bir necha bor qarshi chiqqanman, lekin yakunda klub baribir uni sotib yubordi. Bu men uchun katta hafsalasizlik bo'ldi.

Shuningdek, Frenki de Yongni qo'lga kiritish uchun bor kuchimni ishga soldim. Uning ishtirokida uchrashuvlar tashkil qildim, uni loyihaga qo'shilishga ko'ndirish uchun Richard va Jonni jalb qildim. U ko'p yillar davomida jamoaning asosiy o'yinchisiga aylanishi mumkin edi, ammo transferni amalga oshirishning imkoni bo'lmadi.

Harri Keyn bilan ham vaziyat shunga o'xshash edi. Men rahbariyatga aynan u bizga kerakligini aniq ko'rsatib o'tdim va uni olib kelishni qat'iyat bilan talab qildim. Men bilishimcha, Harrining o'zi ham ehtimoliy o'tishga ijobiy munosabatda bo'lgan, garchi biz bu masalani shaxsan muhokama qilmagan bo'lsak ham. Bitim nega amalga oshmay qolganini bilmayman.

«Manchester Yunayted»ga hal qiluvchi pallalarda mas'uliyatni o'z zimmasiga ola oladigan, yetakchilik qobiliyatiga ega yetuk futbolchilar kerak. Biz bir nechta istiqbolli yosh o'yinchilarni sotib oldik, ammo ularga rivojlanishiga yo'l ko'rsatadigan tajribali professionallar zarur. Aynan Keyn, Rays yoki Brunu Fernandesh kabi shaxslar kuchli jamoani shakllantirishga yordam beradi».
Maykl Kerrikning kelajagi haqida:
«Kerrikni ishdan bo'shatish hech narsani tuzatmaydi. Men bunga mutlaqo aminman.

Agar natijalar yaxshilanmasa, muxlislar o'zgarishlarni talab qila boshlaydi, ammo bunday qarorlar ko'pincha hissiyotlar ta'sirida qabul qilinadi.

Klub ratsional harakat qilishi kerak. Maykl «Midlsbro»da va o'tgan mavsumda o'z murabbiylik qobiliyatini allaqachon isbotlagan. Unga o'z g'oyalarini amalga oshirish uchun vaqt berish kerak. Qolaversa, uning murabbiylar shtabi yaxshi».
«Manchester Yunayted»ga bo'lgan munosabati va muxlislar haqida:
«Men «Yunayted»da ishlashdan zavq olganman va ko'plab ajoyib xotiralarni saqlab qolganman.

Bu klub men uchun abadiy o'zgacha bo'lib qoladi. Men u bilan kuchli bog'liqlikni his qilaman va o'zim ham uning muxlisiga aylandim. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi aql bovar qilmas darajada edi, ular har doim menga hurmat bilan munosabatda bo'lishgan.

Men chin dildan «Manchester Yunayted»ga muvaffaqiyatlar tilayman. Jamoani yana g'alaba qozonayotganini, klubni esa o'zi munosib bo'lgan darajada ko'rishni istayman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!