#Ander Errera — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ander Errera Reshford va Marsyal haqida fikr bildirdi

Ander Errera Reshford va Marsyal haqida fikr bildirdi

Ander Errera Markus Reshford va Antoni Marsyalning o'yinlari hamda ularning rivojlanishiga to'sqinlik qilgan omillar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🗣️ Ander Errera – Reshford va Marsyal haqida:

«Mening nazarimda, Antoni dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylanish uchun hatto kattaroq salohiyatga ega edi. Markusdan ham eng yuqori darajaga chiqishini kutgan edim.

Biroq Marsyalda bir xususiyat bor edi: u murabbiylarning tanqidlarini juda og'ir qabul qilardi. Ayniqsa, jamoa o'rtoqlari huzurida ommaviy tanqid qilinishini yoqtirmasdi.

Reshfordga kelsak, men uning 10–12 yil davomida dunyoning eng yaxshi besh yoki o'n nafar futbolchisi qatorida qola olishiga ishonchim komil edi. U haqiqatan ham ajoyib futbolchi bo'lib yetishdi, lekin uning uchun asosiy muammo barqarorlik yetishmasligi bo'ldi».

O'ng ustun yangiliklari

Ander Errera: "Bruno Fernandesh – haqiqiy yetakchi"

Ander Errera: "Bruno Fernandesh – haqiqiy yetakchi"

Ander Errera Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"dagi o'rni va uning yetakchilik sifatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🚨 Ander Errera Brunu Fernandesh haqida:

"Men uchun u yetakchi. U ko'p yillar, ko'p mavsumlar davomida "Manchester Yunayted"ni o'z yelkasida tortib keldi. Ba'zida o'ynab, yolg'iz deb aytmayman-u, lekin klub tarixini o'z yelkasida ko'tarib yuribdi."