Ander Errera: Mourinyu — haqiqiy erkaklar murabbiyi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 23

Ander Errera: Mourinyu — haqiqiy erkaklar murabbiyi

Ander Errera (sobiq «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi): «Mourinyu — haqiqiy erkaklar murabbiyi. U futbolchilar bunchalik ta'sirchan bo'lmagan davrda o'sib ulg'aygan. U bir necha bor butun jamoa ko'z o'ngida meni tanqid qilgan. Yevropa ligasi o'yinlaridan biridan so'ng, u hammaning oldida o'yinim shunchaki dahshatli bo'lganini aytdi. Ertasi kuni esa biz quchoqlashib ko'rishdik.

«Tushunaman, «Madrid»da uni qiyin vazifa kutib turibdi. Klub yulduzlar atrofidagi shov-shuvlar bilan kechgan ikki og'ir yilni boshdan o'tkazdi. Bularning barchasi Modrich va Kroos ketganidan keyingi davrda, «Barselona» hukmronligi fonida yuz bermoqda.

Ammo «Madrid»dagi vaziyatni o'zgartirish uchun yetarli xarizma va testosteronga ega inson bo'lsa, bu — Mourinyu. U klubda birinchi marta ishlaganida ham bunga erishgan edi»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!