#Amad Diallo — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ueyn Runi: Amad Diallo va Shey Leysi haqida

Ueyn Runi: Amad Diallo va Shey Leysi haqida

Ueyn Runi Amad Dialloning o'yini va Shey Leysining salohiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🗣️ Ueyn Runi:

Amad Diallo maydonda ko'p yaxshi ishlar qilmoqda, ammo aynan yakuniy bosqichdagi samaradorlik uni keyingi bosqichga olib chiqadi.
A Shey Leysi zaxiradan maydonga tushgan epizodlarda, ayniqsa bu mavsumda, men bu yigitda nimadir borligini ko'rdim.
Amad Diallo «Tottenxem»ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda

Amad Diallo «Tottenxem»ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda

Sem Laxerst xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» futbolchisi Amad Diallo «Tottenxem»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

🗣️ Sem Laxerst, The Sun:

«Manchester Yunayted» Amad tiklanib, «Tottenxem»ga qarshi o'yinga qaytishiga umid qilmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Amad Diallo tanqidchilarga javob qaytardi

Amad Diallo tanqidchilarga javob qaytardi

Amad Diallo o'zini tanqid qilgan muxlisga keskin javob qaytardi. Futbolchi muxlisni o'z o'rnida o'ynab ko'rishga chaqirdi.

Amad Dialloning uni tanqid qilgan muxlisga munosabati:

«Shunchaki og'zingni yum, birodar — hozir juda ko'p gapirib yubording. Agar bu seni shunchalik asabiylashtirayotgan bo'lsa, borib mening o'rnimda o'ynab ko'r.»

Amad Diallo: «G'alaba quvonchi biz kutganimizdan ham kuchliroq bo'ladi»

Amad Diallo: «G'alaba quvonchi biz kutganimizdan ham kuchliroq bo'ladi»

Manchester United futbolchisi Amad Diallo og'ir damlarda jamoaning birligi va kelajakdagi g'alabalar haqida fikr bildirdi.

Amad o'zining Instagram sahifasida shunday deb yozdi:

«Og'ir kunlar bizga og'ir yuk bo'lib tushmoqda, ammo ular bizni birlashtirib turgan narsani hech qachon o'chira olmaydi.

Yangi g'alaba quvonchi biz uni birga kutayotganimizdan ham kuchliroq bo'ladi. Men juda hayajondaman ☝🏾».

Amad Diallo: «Manchester United» tarixida o'z izimni qoldirmoqchiman»

Amad Diallo: «Manchester United» tarixida o'z izimni qoldirmoqchiman»

Amad Diallo «Manchester United»dagi maqsadlari, Ruben Amorim bilan ishlash va Brunu Fernandeshning yordami haqida gapirib berdi.

Amad Diallo o'z orzulari va «Manchester United» tarixida o'z izini qoldirish istagi haqida gapirdi:

«Manchester United» safida ilk o'yinimni o'tkazish orzuyimning ushalishi edi. Ammo endi oldimda yangi maqsadlar turibdi. Biz sovrinlar uchun kurashishni va bir kun kelib Premer-liga chempioni bo'lishni istaymiz.

Men shunday meros qoldirmoqchimanki, yillar o'tib muxlislar meni eslashsin va shunday deyishsin: «O'sha yigitni eslaysizmi? U shunchaki aqlbovar qilmas darajada edi! U maydonda aqldan ozdiradigan ishlar qilardi».

Men klubni tark etayotib, salohiyatimni to'liq ochib bera olmaganim, iqtidorim bo'lsa-da, qo'limdan kelgan barcha ishni qilmaganim haqida gap-so'zlarni eshitishni istamasdim.

«Manchester United» libosini kiyish qanday katta sharaf ekanini juda yaxshi tushunaman. Millionlab odamlar mening o'rnimda bo'lishni orzu qilishadi, menga esa shunday imkoniyat nasib etdi. Shuning uchun men bu ishonchni oqlashni, klubga qo'limdan kelgan barcha narsani berishni va ortimdan haqiqatan ham ahamiyatli narsa qoldirishni istayman. Men uchun bu juda muhim».

Mavsumdagi shaxsiy maqsadlari haqida:

Bu mavsumda samaradorligimni oshirmoqchiman. Ko'proq gol urishni va ko'proq golli uzatmalarni amalga oshirishni xohlayman. Aynan o'yinimning shu jihati ustida astoydil ishlash niyatidaman.

Ruben Amorim bilan ishlash haqida:

Ruben Amorim qo'l ostida qanot himoyachisi pozitsiyasida to'p surish menga katta foyda keltirdi. Bu rol tufayli men ancha faollashdim, intensivligimni oshirdim va himoyada yaxshiroq harakat qilishni o'rgandim.

Bu tajribani olganimdan xursandman, chunki u futbolchi sifatida rivojlanishimga yordam berdi.

Brunu Fernandeshning qo'llab-quvvatlashi haqida:

Kimdir bilan gaplashishim, kichik qiyinchiliklarni muhokama qilishim yoki maslahat olishim kerak bo'lsa, ko'pincha Brunu bilan bog'lanaman. U italyan tilini biladi, shuning uchun bizga muloqot qilish oson va men har doim uning fikrini ochiq so'ray olaman.

Brunu jamoada menga eng katta yordam bergan inson deb hisoblayman. Ilgari Erik Bayi bu yerda o'ynagan paytda u bilan juda yaqin edim. Ammo u ketganidan keyin aynan Brunu moslashishimga va klubda o'zimni qulay his qilishimga ko'proq yordam bergan inson bo'ldi.
Amad Diallo «Fulxem»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Amad Diallo «Fulxem»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Daily Mail jurnalisti Kris Uilerning xabar berishicha, Amad Diallo «Fulxem»ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin.

🗣️ Kris Uiler, Daily Mail:

Amad hali ham «Fulxem»ga qarshi o'yinga qadar tiklanishga ulgurishi mumkin.

Biroq, katta ehtimol bilan u xalqaro tanaffusga qadar maydonga tushmaydi.