Maykl Kerrik «Lids»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Maykl Kerrik «Lids»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

🗣️ Maykl Kerrik «Lids»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida:

Jamoa natijalari va bosim haqida:
«Natijalar shaxsan menga emas, barchamizga kerak. Bu yerda gap men haqimda ketmayapti. «Manchester Yunayted» — har qanday shaxsdan ustun turadigan klub.

Men har kuni ertalab o'z lavoyim haqida o'ylab uyg'onmayman. Asosiysi — murabbiy yoki aniq bir futbolchi emas, balki klub, uning tarixi va u nimani anglatishi».
Jeyson Uilkoks matbuot bilan tez-tez muloqot qilishi kerakligi haqida:
«Bu qaror menga bog'liq emas. Men klub nomidan jurnalistlar oldida chiqish qilishga xotirjam qarayman. Men uchun bu yerda bo'lish va savollarga javob berishda hech qanday muammo yo'q».
Lisandro Martinesning bayonotlari haqida:
«Ba'zida odamlar aytmasligi kerak bo'lgan gaplarni aytib qo'yishadi. Biroq, bunday vaziyatlar bizni ishimizdan chalg'itmaydi va jamoaviy ruhni buzmaydi.

Lisandro allaqachon tushuntirish berdi, xatosini tan oldi va uzr so'radi. Biz uchun bu masala yopilgan».
Amadning o'yindan keyingi posti haqida:
«Bunday vaziyatlardan saboq olish va ulg'ayish kerak. Hissiyotlar — futbolning bir qismi, lekin ularni to'g'ri ifodalashni o'rganish muhim».
Ueyn Runi tanqidi va jamoa ichidagi muhit haqida:
«Jamoaga turli xil holatlar ta'sir qilishi mumkin. Agar o'yinimiz, xarakterimiz va ishonchimiz haqida gapiradigan bo'lsak, o'yinning bunday boshlanishidan keyin vaziyat butunlay nazoratdan chiqib ketishi mumkin edi.

Ammo shunday sharoitda ham biz jamoada xarakter va kurashish uchun ichki sozlama borligini ko'rsatdik».
«Lids»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida:
«Deniel Farke ajoyib ish qildi. Ularning g'alabali seriyasi va barqaror o'yinlari buni tasdiqlaydi. Hozir «Lids» Premer-liganing haqiqatan ham kuchli jamoasiga aylandi».
Ben Sheshkoning holati haqida:
«Ben qo'shimcha tekshiruvlardan o'tishi kerak. Uning maydonga qaytishi uchun biroz ko'proq vaqt talab etiladi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!