Maykl Kerrik: "Biz barqarorlikni saqlab qolishimiz kerak"
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 30

Maykl Kerrik: "Biz barqarorlikni saqlab qolishimiz kerak"

Maykl Kerrik o'yindan so'ng:

Bugun jamoa chinakamiga fidoyilik ko'rsatdi, busiz iloji yo'q edi.
O'yin qiyin va shiddatli kechdi. Ertalab futbolchilar bilan ushbu qarama-qarshilik tarixi hamda raqib maydoniga tashrif buyurganimiz haqida gaplashgandim.

Bugun og'ir o'yin bo'ldi. Uzoqqa boradigan xulosalar qilish kerak emas, chunki biz g'alaba qozona olmadik.

Go'yoki hammasini noldan boshlagandek edik. O'yinchilar muvaffaqiyatga erishishni juda istashyapti.

Ba'zida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ularni yengib o'tish yo'lini topish kerak.
Biz barqarorlikni saqlab qolishimiz va to'g'ri ishlarni davom ettirishimiz kerak.
Yaxshi seriya qayd eta olishimizga shubham yo'q.

Brunu Fernandesh haqida:

U bilan hammasi joyida. Jiddiy hech narsa yo'q.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!