Rio Ferdinand Maykl Kerrikni qo'llab-quvvatlamoqda:
«O'tgan mavsumda biz yomon boshlagan edik, ammo uning qanday yakunlanganiga qarang. Umid qilamanki, bu mavsumda vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirish uchun kuchimiz yetarli bo'ladi.
Va Maykl kabi insonni qo'llab-quvvatlash kerak. Unga vaqt bering. Unga maydonga chiqishiga ruxsat bering. Unga vaziyatni o'nglash imkonini bering.
Bu uning «Manchester Yunayted»dagi murabbiylik faoliyatidagi birinchi omadsizlik. Muammolar ko'ringan zahoti kimnidir chetlatib bo'lmaydi. Unga klub taqdirini o'zgartirish uchun imkoniyat bering».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!