Boshtyan Sezar Benyamin Sheshkoning jarohati haqida gapirdi
Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi Boshtyan Sezar hujumchi Benyamin Sheshkoning jarohati va uning tiklanish jarayoni haqida gapirdi.
Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi Boshtyan Sezar Benyamin Sheshkoning jarohati borasida o'z fikrlarini bildirdi:
Bu Benyamin uchun oson davr emas. U o'z faoliyatidagi qiyin pallani boshdan kechirmoqda, chunki bilamizki, o'tmishda u ko'p jarohat olmagan. Bu odatiy bo'lmagan jarohat va u tiklanish uchun vaqt talab qiladi.
Hozir eng muhimi — u o'zi ishongan va ishona oladigan insonlar bilan o'ralgan bo'lishi hamda atrofidagilar ijobiy kayfiyatda qolishlari kerak.
Chunki aynan shu narsa unga kerak. Unga vaqt, sifatli reabilitatsiya zarur — Sloveniyaga ham u to'liq sog'ayib qaytishi kerak.