Stiven Reylston: «Yunayted» muxlislari javob kutishga haqli»
Stiven Reylstonning fikricha, «Manchester Yunayted» muxlislari transferlar bo'yicha tushuntirish olishga haqli, ammo tez orada o'zgarishlar bo'lishi dargumon.
🗣️ Stiven Reylston, MEN:
«Eslatib o'taman, Jeyson Uilkoks tomonidan biror narsa eshitganimiz yagona holat o'tgan yilning oktyabr oyida, «Yunayted» ketma-ket uchta o'yinda (qavs ichida «Sanderlend», «Brayton» va «Liverpul»ga qarshi) g'alaba qozonganida bo'lgandi, shuning uchun bu vaqt u uchun nihoyat gapirishga juda qulay fursat bo'lib chiqqandi.
«Yunayted» muxlislari yozda nima uchun chap qanot himoyachisi va hujumchi sotib olinmagani haqidagi savolga javob olishga haqlilar. Ammo mo'jiza kutish kerak emas».