🚨 Devid Ornstein xabariga ko'ra, Manchester United Brayton yarim himoyachisi Karlos Baleba transferi bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Transfer summasi 60+5 million funt sterlingni tashkil qilishi mumkin.
Brayton kamerunlik futbolchining narxini undan ham yuqoriroq baholamoqda, ammo klublar o'rtasidagi iliq munosabatlar muzokaralar boshlanishiga sabab bo'ldi. Barcha tomonlar kelishuvga erishish ustida ishlamoqda.
O'tgan yili Manchester United Baleba bilan qiziqqan, biroq o'shanda Brayton futbolchi uchun 100-110 million yevro talab qilgandi. 22 yoshli markaziy yarim himoyachi o'tgan mavsumda ingliz klubi safida barcha turnirlarda 1906 daqiqa harakat qildi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!