Manchester United "Manchester Siti" sababli ko'rilgan moliyaviy zararlarni hisoblab chiqdi
Manchester United "Manchester Siti" qoidabuzarliklari tufayli ko'rilgan moliyaviy zararlarni va futbolchilarning ehtimoliy kompensatsiya talablarini baholadi.
🗣️ Lori Uituel, The Athletic:
Manchester United allaqachon "Man Siti" tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar tufayli klub ko'rgan moliyaviy zararlarni, jumladan, olinmay qolgan daromadlarni baholab chiqdi.
Futbolchilar ham kompensatsiya talab qilishlari mumkin — jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmagan taqdirda, ularning maoshlari odatda 25 foizga qisqartirilardi, bu esa o'yinchilarning daromadiga bevosita ta'sir qilgan.