Maykl Kerrik: "Men iste'foga chiqmoqchi emasman"
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●● Matbuot 👁 34

Maykl Kerrik: "Men iste'foga chiqmoqchi emasman"

🗣️ Maykl Kerrik o'yindan so'ng:

O'yin va himoyadagi xatolar haqida:
«Biz o'zimizga qiyinchilik tug'dirmoqdamiz. Ko'pgina o'yinlarda juda yaxshi futbol ko'rsatdik, ammo bugun har ikkala bo'limning boshlanishi bizga qo'shimcha muammolar yaratdi. Biz bo'lmasligi kerak bo'lgan xatolarga yo'l qo'ydik va futbolchilar buni tushunib turishibdi.

Biz o'yinga yaxshi qaytdik, ko'proq gol urishimiz kerak edi va oxirigacha kurashdik. Ammo bunday gollarni o'tkazib yuborishda davom etib bo'lmaydi. Himoyada kuchayishimiz kerak».
Jamoa xarakteri va g'alaba qozonish imkoniyatlari haqida:
«Men raqibdan sezilarli darajada ustun bo'lganimizni his qilaman. Jamoa o'yinga qaytish uchun ajoyib futbol namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan ikkita gol bizni himoyalanishga majbur qildi, ammo shundan keyin ham biz vaziyatlar yaratdik va o'yin oxirida g'alabani ilib ketishimiz mumkin edi.

90-daqiqada yigitlarga bizga atigi bitta gol kerakligini aytayotgan edim. Har narsa bo'lishi mumkin edi. Biz qo'l siltamadik va aynan shu narsa yakunda natijaga erishishimizga imkon berdi».
Turnir jadvalidagi o'rin haqida:
«Biz vaziyatni to'g'rilashimiz kerak. Men qat'iy ishonamanki: agar hal qiluvchi epizodlarda jipslashib harakat qilsak, oldinga siljiy olamiz».
Bosh murabbiylik lavozimidan ketish ehtimoli haqida:
«Men ketmoqchi emasman. Biz yetarlicha o'yinlarda g'alaba qozona olmadik, ammo men ishlashda davom etish, vaziyatni o'nglash va g'alabalarga erishish niyatidaman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!