Manchester Yunayted bosh direktori Umar Berrada klubning rekord darajadagi moliyaviy natijalari va jamoani kuchaytirish bo'yicha qilingan ishlar haqida gapirdi.
🗣️ Manchester Yunayted bosh direktori Umar Berradaning bayonoti:
Biz rekord darajadagi daromad va EBITDA ko'rsatkichini qayd etganimizdan mamnunmiz. Bu ayniqsa yevrokuboklarsiz o'tgan mavsumda biznesimizning fundamental kuchini ko'rsatib beradi.
Bu biz oxirgi ikki yil ichida amalga oshirgan ishlarimizning bevosita ta'siridir. Shuningdek, bu Manchester Yunaytedning o'zgarmas mashhurligi va tijoriy qudratini tasdiqlaydi. Garchi bu natijalar biz to'g'ri yo'nalishda ketayotganimizni tasdiqlasa-da, moliyaviy barqarorligimizni ta'minlash uchun intizomli yondashuvda davom etamiz.
Ushbu moliyaviy barqarorlikni hisobga olgan holda, biz yozgi transfer oynasida ham erkaklar, ham ayollar jamoalarini kuchaytirdik va erkaklar jamoasi Chempionlar ligasini Old Traffordga qaytardi.
Omar Berrada va Jeyson Uilkoks Brunu Fernandeshga PFA Player of the Year mukofoti sharafiga esdalik sovg'asini topshirishdi.
📸 Omar Berrada va Jeyson Uilkoks Brunu Fernandeshga PFA Player of the Year mukofoti sharafiga esdalik sovg'asini topshirishdi.
To'p «Yunayted» muxlisi Jon-Pol Uitli tomonidan qo'lda ishlangan bo'lib, u Opta grafikasi asosida Brununing 21 ta samarali uzatmasini to'pga tikib chiqqan.
«Roma» yarim himoyachisi Kone «Manchester Yunayted»ning qiziqishlari doirasiga kirdi. Tomonlar o'rtasida dastlabki aloqalar o'rnatildi.
«Roma» yarim himoyachisi «Manchester Yunayted» e'tibor markazida. Ingliz klubi futbolchining transfer imkoniyatlarini baholash uchun uning vakillari bilan dastlabki aloqalarni o'rnatdi. «Qizil iblislar» jismonan baquvvat va maydon markazida barqarorlikni ta'minlay oladigan dinamik yarim himoyachi qidirmoqda. Ederson bilan bog'liq kelishuv hamda Eduardo Kamavinganing «Real»da qolish niyati fonida, Kone klubning transfer ro'yxatida birinchi o'ringa chiqib oldi.
«Manchester Yunayted»ning yangi bosh direktori Omar Berrada ham ushbu transferda muhim rol o'ynashi mumkin, chunki u fransiyalik yarim himoyachining agentlari bilan juda yaxshi munosabatda. Fabrisio Romano o'zining YouTube kanalida ma'lum qilishicha, «Roma»ga hozircha rasmiy taklif yuborilmagan, ammo «Yunayted» tomonidan qilingan so'rov klubning aniq qiziqishini tasdiqlaydi. Ingliz klubi yozgi transfer bozorida Andrey Santos va Yuri Tilemansni tezkorlik bilan o'z safiga qo'shib olib, faol harakat qilmoqda.
«Trigoriya»da dastlabki muzokaralar yaqin kunlarda rasmiy taklifga aylanib-aylanmasligini kutishmoqda. Kone «jallorossi» tarkibidagi eng muhim o'yinchilardan biri bo'lib qolmoqda, shu bilan birga, u klubga katta mablag' keltirishi mumkin bo'lgan kam sonli futbolchilardan biri. «Roma» vaziyatni kuzatmoqda: rasmiy taklif bo'lmasdan turib, muzokaralar olib borish imkonsiz, biroq «Manchester Yunayted» varianti hozirda eng aniq yo'nalishlardan biri hisoblanadi.
The Athletic jurnalisti Lori Uituelning xabar berishicha, Omar Berrada «Man Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklari bo'yicha tinglovlarda ishtirok etmaydi.
🗣️ Lori Uituel, The Athletic:
«Omara Berradani APLning «Man Siti» qoidabuzarliklari bo'yicha tinglovlarida guvohlik berish uchun chaqirishmagan.
Bu ish bo'yicha unga nisbatan hech qanday e'tirozlar yo'q.
Uning ismi Der Spiegel 2018-yilda e'lon qilgan hujjatlarda ham yo'q.
Klubga o'tish chog'ida u Jim Retkliff va Gleyzerlar oilasini hech qanday qoidabuzarlik sodir etmaganiga shaxsan ishontirgan». 📰
Tayron Marshallning xabar berishicha, Maykl Kerrik Manchester Yunayted rahbariyati tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanmoqda.
🗣️ Tayron Marshall, MEN:
Maykl Kerrik hamon bosh direktor Omar Berrada va sport direktori Jeyson Uilkoks tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanmoqda. Shuni yodda tutish muhim: ular yangi yil arafasidagi muvaffaqiyatsiz davrdan so'ng Ruben Amorim bilan xayrlashish qarorini juda istamay qabul qilishgan edi.
Kerrik hozirda Amorimga nisbatan ancha ko'proq ishonch va vaqt zaxirasiga ega.
«Manchester Yunayted» rahbari Omar Berrada jamoaning Chempionlar ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi.
Omar Berrada Chempionlar ligasi haqida fikr bildirdi:
«Biz, «Manchester Yunayted», har bir turnirga g'alaba qozonish niyatida kiramiz. Har bir o'yinni alohida ko'rib chiqamiz va imkon qadar uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Chempionlar ligasida yana ishtirok etayotganimizdan juda xursandmiz. Oldinda bizni ajoyib raqiblar kutib turibdi. Umid qilamanki, muxlislarga yangi unutilmas lahzalarni taqdim eta olamiz».