Manchester Yunayted Joshua Zirkzening jamoada qolish ehtimoli borasida xotirjam. Samuel Lekherst xabariga ko'ra, klub futbolchining roli va jamoada tutgan o'rnidan mamnun.
Samuel Lekherst xabariga ko'ra:
Manchester Yunayted Joshua Zirkzening jamoada qolish ehtimoli borasida xotirjam. Klub uning zaxira o'yinchisi sifatidagi roli va jamoadoshlari orasidagi obro'sini inobatga olmoqda.
Samuel Laxerst xabariga ko'ra, Manchester United Jey-Jey Gabrielning otasi bilan bog'liq vaziyatni va klubga bo'lishi mumkin bo'lgan ta'sirni o'rganmoqda.
🗣️ Samuel Laxerst, The Sun:
Futbol sanoatidagi manbalar Jey-Jey Gabrielning otasini jiddiy muammo va muloqot qilish juda qiyin inson deb atashmoqda.
Londondan olingan manba:
U Jey-Jey hali “Vest Xem” tizimida bo'lgan vaqtidayoq qiyinchiliklar tug'dirgan.
Agentlik muhitidagi manba:
Agar futbolchi baribir ketadigan bo'lsa, voqea juda shov-shuvli bo'ladi. Premer-liga futbolchi bilan bo'lishi mumkin bo'lgan noqonuniy aloqalarni sinchkovlik bilan tekshiradi, “Yunayted” esa katta kompensatsiya talab qilishi ehtimoldan xoli emas.
Agar vaziyatda agent ishtirok etgan bo'lsa, u yoki uning agentligi katta ehtimol bilan “Manchester Yunayted” bilan munosabatlarni abadiy buzib qo'yadi.