Ayden Xevenning onasi Liza "Arsenal" akademiyasida Per Mertesacker bilan bo'lgan bahs o'g'lining himoyachi bo'lib yetishishiga qanday ta'sir qilganini so'zlab berdi.
🗣️ "Manchester Yunayted" futbolchisi Ayden Xevenning onasi Liza Per Mertesacker bilan "Arsenal" akademiyasidagi bahsi o'g'lining faoliyatini belgilab berganini so'zlab berdi:
Per Mertesacker bilan o'sha suhbatni yaxshi eslayman. Biz bahslashardik: men unga: "U himoyachi emas", derdim. Per esa aynan himoyachi ekanligini ta'kidlardi.
Uning Per akademiyani boshqargan ilk mavsumidagi o'yinlaridan birini eslayman. Ayden to'pni darvoza chizig'idan qaytarganida, Perning ko'zlari yonib ketganini ko'rdim. O'zim esa: "Axir u himoyachi emas-ku, u gol urishi kerak", deb o'ylaganman. Chamasi, o'sha vaqtda Ayden "oltilik" yoki "sakkizlik" pozitsiyasida, haqiqiy box-to-box yarim himoyachisi sifatida o'ynardi. Ammo Per buni eshitishni ham istamasdi. U: "U ajoyib futbolchi, lekin himoyachi bo'lib yetishadi", derdi.
"Manchester Yunayted"ga o'tganimizda, Ayden markaziy himoyachi pozitsiyasida faqat bir to'liq mavsum o'tkazgandi. Ungacha u ko'proq tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qilgan. Shu bois ham unda to'p bilan ishlash, uni oldinga olib chiqish va ikkala oyoqda ham o'ynash qobiliyati shakllangan. U hali ham bu pozitsiyani o'zlashtirmoqda. Ammo aynan Per unda markaziy himoyachini birinchi bo'lib ko'ra olgan.
Ayden Xevenning onasi Liza o'g'lining Manchester Yunayteddagi tajribali jamoadoshlari Brunu Fernandesh, Harri Maguayr va Lyuk Shou bilan munosabatlari haqida gapirdi.
🗣️ Ayden Xevenning onasi Liza o'g'lining jamoadoshlari bilan munosabati haqida gapirdi:
Uning Brunu bilan munosabatlarini ko'rish juda yoqimli. Tajribali futbolchilar unga haqiqatan ham ukasidek munosabatda bo'lishayotgani sezilib turibdi.
Ayniqsa, Maguayrning Ayden haqida qayg'urishi menga juda yoqadi. Maydonga tushishdan oldin, tunnelda turganimizda ham u doimo o'g'limga sekin nimalardir deb maslahat berib turadi.
Unga eslatadi: biz muhokama qilgan narsalarni unutma, bunga va bunga tayyor bo'l, mana bunday vaziyatlarga e'tibor ber — taxminan shunaqa gaplar.
Lyuk Shou ham Ayden uchun o'ziga xos katta akaga aylandi. Umuman olganda, himoyachilar unga bir xil munosabatda: u yosh yigit, shuning uchun biz yonida bo'lishimiz va yordam berishimiz kerak.
Eyden Xeven yosh iqtidor egasi Jey-Jey Gabrielning salohiyati haqida gapirdi.
Eyden Xeven Jey-Jey Gabriel haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
U haqiqatan ham juda yaxshi. O'z yoshi uchun shunchaki aqlbovar qilmas o'yinchi va o'ylaymanki, u imkoniyat tug'ilganda undan foydalanishga tayyor. Biz har kuni ko'rayotgan narsalarimizdan kelib chiqib, undan ko'p narsani kutyapmiz.
Lisandro Martines «Manchester Yunayted» tarkibidagi chuqurlik yetishmasligidan va majburiy o'zgarishlardan norozi ekanligini bildirdi.
🗣️ Ketrin Uolsh, The Sun:
«Lisandro Martinesni ayniqsa «Atletiko»ga qarshi o'yindagi chap qanot himoyasi bilan bog'liq vaziyat g'azablantirdi: Lyuk Shouning yo'qligi sababli «Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi pozitsiyasida Eyden Xevenni ishlatishga majbur bo'ldi.
Bunda Martinesning e'tirozlari umuman Xeven manziliga qaratilmagan. Argentinalik futbolchi tarkibning chuqurligi yetarli emasligidan va bitta o'yinchi yo'qligi murabbiylar shtabini majburiy o'zgarishlarga qo'l urishga majbur qilayotganidan norozi».
«Manchester Yunayted»ning 6 nafar futbolchisi Chempionlar ligasida debyut qilishi mumkin. O'yinchilar uchun maxsus esdalik kartochkalari tayyorlanadi.
🚨 «Manchester Yunayted»ning olti nafar futbolchisi ertaga kechqurun Chempionlar ligasida ilk bor maydonga tushishi mumkin.
Turnirda debyut qiladigan har bir o'yinchi UEFAning maxsus nishoni bilan maydonga tushadi. O'yindan so'ng ushbu nishon yechib olinadi va 1/1 formatidagi noyob Topps kolleksion kartochkasiga joylashtiriladi.
Brayan Mbyomo, Patrik Dorgu, Eyden Xeven, Karl Darlou, Dermot Mi va Taynan Tompson debyut qilishga da'vogar. Biroq, oxirgi uch nafar futbolchi, katta ehtimol bilan, zaxira o'rindig'ida qoladi.
The Athletic jurnalisti Lori Uituelning xabar berishicha, Eyden Xeven «Xall Siti»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
🗣️ Lori Uituel, The Athletic:
«Lisandro Martines o'z sport formasini tiklab olayotgan bir paytda, Eyden Xeven «Xall Siti»ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor».
Nemanya Vidich Leni Yoro va Eyden Xevenning himoyadagi hamkorligi hamda tajribali sherikning ahamiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣 Nemanya Vidich — Leni Yoro va Eyden Xeven haqida:
Mening fikrimcha, alohida olganda ham Xeven, ham Yoro allaqachon o'ynashga tayyor, ammo ularni birga muntazam maydonga tushirish kerakligiga ishonchim komil emas.
Markaziy himoyada muvozanat juda muhim. Ikkita yosh va iqtidorli himoyachiga ega bo'lish mumkin, biroq ularning yonida yetakchilik qobiliyatiga, tajribaga va qiyin vaziyatlarda vaziyatni nazorat qila olish qobiliyatiga ega futbolchini ko'rish maqsadga muvofiq.
Aynan shu narsa Yoro va Xevenga hozircha yetishmayapti. Ularda ulkan iqtidor bor, lekin markaziy himoyachi uchun faqat iqtidorning o'zi yetarli emas.
Ba'zida yonida ularni yo'naltiradigan, sug'urtalaydigan va juda erta bosqichda ortiqcha mas'uliyatsiz rivojlanishiga imkon beradigan tajribali sherik kerak bo'ladi.