Per Mertesacker Ayden Xevenning himoya chizig'iga o'tishiga qanday ta'sir qilgan?
Ayden Xevenning onasi Liza "Arsenal" akademiyasida Per Mertesacker bilan bo'lgan bahs o'g'lining himoyachi bo'lib yetishishiga qanday ta'sir qilganini so'zlab berdi.
🗣️ "Manchester Yunayted" futbolchisi Ayden Xevenning onasi Liza Per Mertesacker bilan "Arsenal" akademiyasidagi bahsi o'g'lining faoliyatini belgilab berganini so'zlab berdi:
Per Mertesacker bilan o'sha suhbatni yaxshi eslayman. Biz bahslashardik: men unga: "U himoyachi emas", derdim. Per esa aynan himoyachi ekanligini ta'kidlardi.
Uning Per akademiyani boshqargan ilk mavsumidagi o'yinlaridan birini eslayman. Ayden to'pni darvoza chizig'idan qaytarganida, Perning ko'zlari yonib ketganini ko'rdim. O'zim esa: "Axir u himoyachi emas-ku, u gol urishi kerak", deb o'ylaganman. Chamasi, o'sha vaqtda Ayden "oltilik" yoki "sakkizlik" pozitsiyasida, haqiqiy box-to-box yarim himoyachisi sifatida o'ynardi. Ammo Per buni eshitishni ham istamasdi. U: "U ajoyib futbolchi, lekin himoyachi bo'lib yetishadi", derdi.
"Manchester Yunayted"ga o'tganimizda, Ayden markaziy himoyachi pozitsiyasida faqat bir to'liq mavsum o'tkazgandi. Ungacha u ko'proq tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qilgan. Shu bois ham unda to'p bilan ishlash, uni oldinga olib chiqish va ikkala oyoqda ham o'ynash qobiliyati shakllangan. U hali ham bu pozitsiyani o'zlashtirmoqda. Ammo aynan Per unda markaziy himoyachini birinchi bo'lib ko'ra olgan.