«Manchester Yunayted»ning 6 nafar futbolchisi Chempionlar ligasida debyut qilishi mumkin
«Manchester Yunayted»ning 6 nafar futbolchisi Chempionlar ligasida debyut qilishi mumkin. O'yinchilar uchun maxsus esdalik kartochkalari tayyorlanadi.
🚨 «Manchester Yunayted»ning olti nafar futbolchisi ertaga kechqurun Chempionlar ligasida ilk bor maydonga tushishi mumkin.
Turnirda debyut qiladigan har bir o'yinchi UEFAning maxsus nishoni bilan maydonga tushadi. O'yindan so'ng ushbu nishon yechib olinadi va 1/1 formatidagi noyob Topps kolleksion kartochkasiga joylashtiriladi.
Brayan Mbyomo, Patrik Dorgu, Eyden Xeven, Karl Darlou, Dermot Mi va Taynan Tompson debyut qilishga da'vogar. Biroq, oxirgi uch nafar futbolchi, katta ehtimol bilan, zaxira o'rindig'ida qoladi.