🗣️ Ayden Xevenning onasi Liza o'g'lining jamoadoshlari bilan munosabati haqida gapirdi:
Uning Brunu bilan munosabatlarini ko'rish juda yoqimli. Tajribali futbolchilar unga haqiqatan ham ukasidek munosabatda bo'lishayotgani sezilib turibdi.
Ayniqsa, Maguayrning Ayden haqida qayg'urishi menga juda yoqadi. Maydonga tushishdan oldin, tunnelda turganimizda ham u doimo o'g'limga sekin nimalardir deb maslahat berib turadi.
Unga eslatadi: biz muhokama qilgan narsalarni unutma, bunga va bunga tayyor bo'l, mana bunday vaziyatlarga e'tibor ber — taxminan shunaqa gaplar.
Lyuk Shou ham Ayden uchun o'ziga xos katta akaga aylandi. Umuman olganda, himoyachilar unga bir xil munosabatda: u yosh yigit, shuning uchun biz yonida bo'lishimiz va yordam berishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!