Manchester United Karlos Balebaning moslashuvidan mamnun
Manchester United Karlos Balebaning jamoadagi moslashuvidan mamnun. Yarim himoyachi ayniqsa Brayan Mbemo, Leni Yoro va Amad bilan yaqin munosabatda.
Stiven Reylston, MEN:
Manchester United'da Karlos Balebaning jamoadagi moslashuvidan mamnunmiz.
Dastlabki haftalarda yarim himoyachi birmuncha kamtar va sokin harakat qildi, biroq asta-sekin ochilib bordi — endi u o'zining do'stona, ijobiy va quvnoq xarakterini tez-tez namoyish etmoqda.
Ayniqsa, Balebaning Brayan Mbemo bilan munosabatlari juda yaxshi shakllangan. Shuningdek, u Leni Yoro va Amad bilan ham tezda til topishib ketdi.