Rikkardo Kalafiori «Arsenal» safida samarali o'yin ko'rsatmoqda
We Are The Arsenal ↗ ●●●●● Umumiy 👁 41

Rikkardo Kalafiori «Arsenal» safida samarali o'yin ko'rsatmoqda

Rikkardo Kalafiori o'zining samaradorligi bilan hayratga solishda davom etmoqda.

Joriy mavsumda Kalafiori klub va terma jamoa safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta samarali harakatni amalga oshirdi: 3 ta gol va 2 ta assist.

Ushbu mavsumda APLda Kalafiori (3) quyidagi o'yinchilarga qaraganda ko'proq samarali harakatlarni qayd etdi:

• Brayan Mbemo — 2
• Fil Foden — 2
• Mateus Kunya — 2

Kalafiori «Arsenal»ning barcha futbolchilari orasida penaltilarni hisobga olmaganda, APLdagi samarali harakatlar soni bo'yicha yetakchilik qilmoqda. Maydonda o'tkazilgan 418 daqiqa davomida italiyalik himoyachi o'z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!