Rikkardo Kalafiori Pyero Inkapye bilan raqobat haqidagi savolga javob berdi.
🗣️ Kalafioridan Inkapye bilan raqobat haqida so'rashdi:
Men buni o'rnim uchun kurash deb qabul qilmayman. U mening eng yaqin do'stlarimdan biri va biz juda har xil o'yinchilarmiz. Agar murabbiy bo'lganimda, bunday tanlovdan juda mamnun bo'lardim.
Rikkardo Kalafiori «Arsenal»dagi shaxsiy maqsadlari va jamoaning kelgusi mavsumdagi vazifalari haqida gapirdi.
🎙️ Rikkardo Kalafiori o'zining shaxsiy maqsadi haqida:
«Mening shaxsiy maqsadim doim bir xil — butun mavsum davomida jamoa uchun maydonda bo'lish. Agar bunga erisha olsam, jamoa uchun chinakamiga muhim o'yinchi bo'la olaman deb o'ylayman».
«Arsenal»ning maqsadlari haqida:
«Biz hali ko'plab sovrinlarni yutishimiz kerak. Maqsadimiz — o'tgan mavsumdagi natijalarni kamida takrorlash, imkon bo'lsa, undan ham yaxshiroq natija qayd etish».
Ben Uayt "Arsenal"ning yangi futbolchisi Rikkardo Kalafiori bilan bog'liq qiziqarli voqeani so'zlab berdi.
Jurnalist: 🗣
Ben, mavsumoldi tayyorgarlikning birinchi haftasi qanday o'tdi?
Ben Uayt: 🗣
Men o'zimni erta keldim deb o'ylagandim. Bazaga kirsam, Rikkardo allaqachon u yerda ekan. U shunchaki menga qarab: "Kelishingni kutayotgandim, qayerlarda yuribsan", dedi. O'shanda tushundimki, u bir necha kun oldin kelib bo'lgan ekan)
Italiya terma jamoasi Millatlar ligasining 4-turida Turkiya ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuv yakunlandi!!!
👏 Italiya o'z maydonida 3 ochkoni qo'lga kiritdi, Manchini Bolonyada Richi bilan birgalikda g'alabaga erishdi.
Italiya terma jamoasi Millatlar ligasining 4-turida Turkiya ustidan g'alaba qozondi. Uchrashuvda Skamakka, Kalafyori va Espozito tomonidan kiritilgan gollar g'alabani ta'minladi.
Rikkardo Kalafiorining «Arsenal»dagi o'yini raqiblarning e'tiborini tortmoqda. Himoyachi endi jamoaning asosiy taktik nishoniga aylanib bormoqda.
«Arsenal» raqiblar ularning taktik harakatlarini batafsil o'rganib, yopib qo'yishda davom etishiga tayyor turishi kerak. Aynan shu komponentda shartli «PSJ» hozirda oldinda, bunga ularning maydon bo'ylab faol harakatlanadigan qanot himoyachilari sababchi.
Bu mavsumda Kalafiori butunlay boshqacha darajadagi o'yin ko'rsatmoqda: qanot himoyachisining nostandart roli tufayli u zich markaziy chiziqda tez-tez nazoratsiz qolib ketmoqda. «Chelsi»ga qarshi o'yinda unga Netu javobgar edi, ammo u butun maydon bo'ylab uning ortidan yugurishga unchalik ishtiyoqmand emasdi.
«Brayton» va xususan Gomes esa uni tom ma'noda hamma joyda ta'qib qilishdi.
Rikkardo Kalafiorining ajoyib formasi raqiblar uni alohida o'rganib, asosiy nishon sifatida tanlashiga olib keldi. «Arsenal»ning taktik oldindan aytib bo'lmasligi esa boshqa jamoalarni ularga qarshi butunlay yangi darajadagi shaxsiy himoyani qo'llashga majbur qiladi.
«Arsenal» yangi futbolchisi Rikkardo Kalafiori jamoaga moslashuvi va jamoadoshlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣 Rikkardo Kalafiori «Arsenal»ga qanday yordam berayotgani haqida:
«Men har doim o'yinga kirishib ketishga, jamoaga yordam berishga va to'g'ri qarorlar qabul qilishga harakat qilaman. Jamoadoshlarim vazifamni osonlashtirishadi: ular yo uzatmalarimni gol bilan yakunlashadi, yoki o'zlari menga kerakli pasni uzatishadi. Bu yerda hamma narsa o'zaro bog'liq.
Barchasi juda yuqori saviyada va bir-birini juda tez tushunishadi. Katta klubda o'ynaganingizda, farq aynan shunda.
Agar siz Angliya chempioni bo'lsangiz, demak, eng yuqori darajadasiz. Shuning uchun yangi kelgan o'yinchi sifatida ham men uchun hammasi osonlashmoqda va tezroq moslashyapman. Jamoadoshlarimga rahmat — ular haqiqatan ham yuqori saviyadagi futbolchilar».
Rikkardo Kalafiori "Arsenal"dagi jamoadoshi Skellining uzatmasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Kalafiori:
"Men Skellining uzatmasidan hayratda qoldim. Bunday uzatmadan keyin gol urmaslikka haqqim yo'q edi. Ajoyib uzatma — menga faqat vaziyatni yakunlab qo'yish qolgandi".