🗣️ Mikel Merino Arteta ishtirokisiz o'tgan va "Arsenal"ga chempionlik poygasidagi qiyinchiliklarni yengib o'tishga yordam bergan futbolchilar yig'ilishi haqida so'zlab berdi:
"Birgina xato — va biz eshitgan barcha gaplar: "Arsenal" o'sha-o'sha". Rostini aytsam, jamoa ichida ham shubhalar bor edi. Ikki to'p farqi bilan ustunlikni boy berish – bunday holat yuz bermasligi kerak. Ammo o'yindan keyingi kun futbolchilar murabbiy ishtirokisiz kiyim almashtirish xonasida to'planishdi.
Hammasi o'z fikrini aytdi. Hech kim taktika haqida gapirmadi. Gap jamoa qiyinchiliklarni qanday birgalikda yengib o'tishi haqida edi. Men jamoani chetdan qanday ko'rishimni aytib berdim va bu biz, futbolchilar, o'zimiz hal qilishimiz kerak bo'lgan vazifa ekanini ta'kidladim, chunki murabbiy biz uchun hamma narsani qila olmaydi. Bir klubda bir kishining zimmasida shuncha vazifa bo'lganda, o'z muammolarini o'zi hal qila oladigan yetakchilar kerak bo'ladi.
Xullas, bu klubda ular bor. Mening fikrimcha, aynan o'sha kuni biz chempionlikni qo'lga kiritdik. Hatto "Bornmut" va "Siti"dan mag'lub bo'lganimizda ham, o'sha yig'ilish bizga birga qolishga yordam berdi. Biz barcha tanqidlarni yoqilg'i sifatida ishlatishga qaror qildik va ijtimoiy tarmoqlar tufayli hamma narsani ko'rib turdik.
Abadiy ikkinchilar. Ikkinchi, ikkinchi, ikkinchi. Zerikarli. Standartlar jamoasi. O'yindan gol ura olmaymiz. Bosimga bardosh bera olmaymiz. Ular bizning professionalligimizga shubha qilganlarida, biz yanada yaqinlashdik".
Juda kuchli 🤯
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!