Football London xabariga ko'ra, Piero Inkapye mushaklaridagi muammolar sababli «Ipsvich»ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Football London xabariga ko'ra, Piero Inkapye mushaklaridagi muammolar sababli «Ipsvich»ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi. Uning «Brayton»ga qarshi bahsda maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda.
Tsolis «Aston Villa»ga qarshi o'yindan so'ng tushkun kayfiyatda ko'rindi. U «Arsenal»ning yangi mavsumdagi asosiy chap qanot vingeriga aylanishi kutilmoqda.
Tsolis «Aston Villa»ga qarshi o'yinning tanaffusida almashtirilgach, tushkun kayfiyatda ko'rindi. O'yindan so'ng Pyero Inkapye uning yonida paydo bo'ldi — u jamoadoshini qo'llab-quvvatlashga harakat qildi.
Martinelli, Trossard va Jezusning ketishi, shuningdek, Nvanerining ijaraga berilishidan so'ng, Tsolis ushbu mavsumda «Arsenal»ning asosiy chap qanot vingeriga aylanadi.
Piero Inkapye CBS Sports nashriga bergan intervyusida "Arsenal"ning yangi mavsumdagi ambitsiyalari va sovrinlar uchun kurash haqida gapirdi.
CBS Sports nashriga bergan intervyusida Piero Inkapye "Arsenal"ning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi:
Ha, o'sha damlar ajoyib edi, chunki biz butun yil davomida birinchi o'rinda bo'ldik. Albatta, juda murakkab va qiyin davrlar ham bo'ldi.
Ammo o'ylaymanki, jamoa qiyinchiliklarga qaramay, har doim oldinga intilishga va chaqiriqlarni qabul qilishga tayyor edi. Aynan shu narsa bizni chiniqtirdi. Murabbiy doimo oldinga borishda davom etishimizni, kurashishimizni aytardi, chunki biz maqsadimizga juda yaqin edik. Xudoga shukur, biz bunga erisha oldik. Endi, albatta, o'tgan yilgidan ham ko'proq ishlashimiz kerak. Tarkibimizda tajribaliroq futbolchilar bor. Men ham Premer-ligadagi ilk mavsumimda katta tajriba orttirdim. Boshqa o'yinchilar uchun ham bu yerda birinchi yil edi.
O'ylaymanki, ushbu tajriba va yanada ko'proq mehnat evaziga biz ko'proq narsaga erisha olamiz. Katta klubda o'ynaganingizda, har doim hammasini yutishni xohlaysiz. Shuning uchun biz barcha sovrinlar uchun kurashamiz. Biz buning uchun ishlayapmiz va xudo xohlasa, barcha maqsadlarimizga erishamiz deb umid qilaman.
Rikkardo Kalafiori Pyero Inkapye bilan raqobat haqidagi savolga javob berdi.
🗣️ Kalafioridan Inkapye bilan raqobat haqida so'rashdi:
Men buni o'rnim uchun kurash deb qabul qilmayman. U mening eng yaqin do'stlarimdan biri va biz juda har xil o'yinchilarmiz. Agar murabbiy bo'lganimda, bunday tanlovdan juda mamnun bo'lardim.