#Maks Dauman — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Maks Dauman uchta Ginnes rekordini o'rnatdi

Maks Dauman uchta Ginnes rekordini o'rnatdi

Maks Dauman Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. U Chempionlar ligasi va Premer-liga tarixidagi eng yosh futbolchi va gol muallifi sifatida qayd etildi.

Maks Daumanga rasman bir yo'la uchtalik Ginnes rekordlari uchun sertifikatlar topshirildi! 👏

🥇 Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh futbolchi — 15 yoshu 308 kunlik.

🥇 Premer-liga tarixidagi eng yosh gol muallifi — 16 yoshu 73 kunlik.

🥇 Premer-liga chempioni bo'lgan eng yosh futbolchi — 16 yoshu 144 kunlik.

17 yoshga to'lmasdan turib uchta jahon rekordi.

O'ng ustun yangiliklari

Arsenal Maks Dauman uchun yangi mavsumda cheklovlarni olib tashlamoqchi

Arsenal Maks Dauman uchun yangi mavsumda cheklovlarni olib tashlamoqchi

Isaan Khan xabariga ko'ra, «Arsenal» Maks Dauman uchun yangi mavsumda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlarni olib tashlamoqchi.

Isaan Khan xabariga ko'ra, o'tgan mavsumda «Arsenal» voyaga yetmagan futbolchini asrash maqsadida Maks Daumanning o'yin vaqtiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashgan edi. Ammo bu mavsumda cheklovlar olib tashlanishi kutilmoqda. «Arsenal» ichida Dauman navbatdagi qadamni tashlashga tayyor deb hisoblashadi — bunga uni o'rab turgan jamoadoshlarining ko'magi ham yordam bermoqda.

Yangi mavsum Dauman uchun tarixiy bo'lishi mumkin. Uning buning uchun kerakli xarakteri ham bor. Uni o'ta o'ziga tanqidiy munosabatda bo'ladigan futbolchi sifatida ta'riflashadi, u Arteta muhitining yuqori standartlari va doimiy talablariga moslashishga majbur bo'lgan.

Manbalardan biri shunday deydi:

«Siz unga: sen ajoyib o'yin o'tkazding, deyishingiz mumkin. U esa: yo'q, men yana ham ko'proq ish qila olardim, deb javob beradi».

«Arsenal»da Daumanning iqtidori alohida ekanligiga allaqachon ishonishadi. Uning holatida gap haqiqatan ham favqulodda iste'dod haqida bormoqda — salohiyati bo'yicha uni Lamin Yamal bilan solishtirishmoqda.