🗣️ Mikel Arteta:
«Saka bu mavsumda 20 ta gol urishni xohlaydimi? Yo'q, menimcha, u har bir o'yinda ikkita yoki uchtadan gol urishga intilishi kerak. Aynan shunday kayfiyat zarur. Agar u bitta yoki ikkita gol ursa ham yomon emas, chunki u turli xil usullar bilan gol urishga qodir.
Menimcha, barcha hujumchilar o'zlari oldiga ulkan maqsadlar qo'yishlari kerak. Agar sen: "Mening maqsadim — 20 ta gol urish", desang va hozir oktyabr oyi bo'lsa, oldinda qolgan 17 ta golni urish uchun yana sakkiz oy vaqting bo'lsa, bunday fikrlash bilan maqsadingga erisha olmaysan».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!