Arteta Dyokereshning zaxiradan maydonga tushgach o'zini ko'rsatishga bo'lgan intilishi haqida:
«O'ylaymanki, u, xuddi Brunu, Timber va Inkapye kabi maydonga tushganlar, jamoaga yordam berish va o'yinga ta'sir o'tkazishga juda chanqoq edilar. Bu menga qarshi qaratilgan harakat emas. Men g'alaba qozonish imkoniyatimizni oshirish va raqibdan ustunlik olish uchun o'sha vaziyatda eng to'g'ri deb bilgan qarorlarni qabul qilaman».
«Qachonki uchta o'zgarishni amalga oshirishga qaror qilsam, ularning darhol o'yinga ta'sir qilishini istayman. Ular buni a'lo darajada uddalashdi. Agar aynan shu his-tuyg'ular ular uchun qo'shimcha motivatsiya bo'lsa, bu juda yaxshi. Ishonchim komilki, bu jamoa manfaatiga xizmat qiladi».
Arteta Maks Daumannni kelajakning o'nta yulduzi qatoriga qo'shilishi va uning asosiy jamoada to'liq o'ynashga qanchalik yaqinligi haqida:
«U Messi aytganidek, shunchalik yaqin! Agar Messi, tarixning eng yaxshi o'yinchisi, shunday deb hisoblasa, demak, u bu borada boshqalardan ko'ra yaxshiroq tushunadi. Umid qilamanki, u haq».
«Daumanda g'ayritabiiy narsa bor. Hatto maydonda o'tkazgan qisqa vaqt ichida ham u ajoyib ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. U o'ziga xos iqtidorga ega bo'lgan nihoyatda iste'dodli futbolchi. Uni kuzatish — bir zavq. Uning harakatlanishi, to'pga tegishi, u bilan muomalasi, o'ziga bo'lgan ishonchi — unda hamma narsa boshqacha. Aynan shu narsa uni noyob qiladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!