Maks Douman «Arsenal» muxlislariga murojaat qildi:
Men jamoadoshlarim, murabbiy va butun dunyodagi «Arsenal» muxlislaridan yuz bergan voqea uchun chin dildan uzr so'ramoqchiman.
«Flitvud Taun»ga qarshi o'yinda qizil kartochka olishni istamagandim. Hissiyotlarimga erk berib qo'ydim va qilgan ishim uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmamga olaman.
Bu klub millionlab insonlar uchun nimani anglatishini bilaman va qanchalik hafsalani pir qilganimni tushunib turibman.
Men hali yoshman va hali ko'p narsalarni o'rganishim kerak. Ushbu tajribadan futbolchi va inson sifatida yaxshiroq bo'lish uchun motivatsiya sifatida foydalanishga va'da beraman.
Meni kechiringlar, «Arsenal» muxlislari. Ishonchingizni maydonda oqlayman. ❤️🤍 COYG!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!