⚡️ Maks Dauman muxlislardan uzr so'radi:
«Men jamoadoshlarimdan, murabbiyimdan va butun dunyodagi «Arsenal» muxlislaridan yuz bergan voqea uchun chin dildan uzr so'ramoqchiman. «Flitvud Taun»ga qarshi o'yindagi chetlatilishim mutlaqo qasddan bo'lmagan.
Hissiyotlarim ustun keldi va men o'z harakatlarim uchun to'liq javobgarlikni zimmamga olaman. Bu klub millionlab insonlar uchun nimani anglatishini juda yaxshi tushunaman va qanchalik hafsalalarini pir qilganimni anglab turibman.
Men hali yoshman va hali ko'p narsalarni o'rganishim kerak. Bu tajribadan ham futbolchi, ham inson sifatida yaxshiroq bo'lish uchun motivatsiya sifatida foydalanishga va'da beraman.
Meni kechiringlar, «Arsenal» muxlislari. Men sizlarning ishonchingizni maydondagi o'yinim bilan oqlayman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!