Ferran Martines (🌖): Alehandro Balde «Barselona»da qolish umidini yo'qotmayapti, ammo ko'proq o'yin vaqti olishni istasa, «Barsa»ni tark etishiga to'g'ri kelishini tobora ko'proq tushunib yetmoqda.
Balde Flikning munosabatidan xafa. Himoyachi Xansi unga nisbatan Kasado va Fortga bo'lgani kabi ochiq bo'lishini istaydi, murabbiy ularga o'yin vaqti olmasliklarini aytgan edi. Biroq Balde murabbiy tomonidan hech qanday xabar olmadi. Uning yaqinlari so'zlariga ko'ra, u o'z vaziyati haqidagi barcha ma'lumotlarni faqat matbuot anjumanlaridan bilib olgan.
Joau Kanselu — raqobatga qaramay, kiyim almashtirish xonasida Balde uchun asosiy tayanchlardan biri. Portugaliyalik futbolchi unga xotirjamlik bag'ishlaydi, maslahatlar beradi va harakatda davom etishga undaydi. Kanselu hatto bir safar Flik oldida Balde himoyasiga chiqqan.
Shuningdek, Flik bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada bo'lgan yana bir nufuzli futbolchi bor, u ham mashg'ulot o'yini vaqtida u Balde bilan pozitsiyalari almashganidan noroziligini bildirgan. Balde agar o'z pozitsiyasida shug'ullanmasa, murabbiyga qanday qilib imkoniyatga loyiqligini isbotlashini tushunmayapti.
APLda Balde yaxshi obro'ga ega va «Manchester Yunayted» ehtimoliy variantlar qatorida tilga olinmoqda. Bundan tashqari, futbolchini Angliyada o'z kuchini sinab ko'rish imkoniyati qiziqtirmoqda. Agar hech narsa o'zgarmasa, u takliflarni ko'rib chiqadi. Muammo shundaki, «Barsa» ijaraga osonlikcha rozi bo'lishga moyil emas va pulga muhtoj.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!