Alehandro Balde kelajagi borasida muzokaralar kutilmoqda
Alehandro Balde atrofidagi vaziyat: Jorje Mendesh va «Barselona» kelajakni muhokama qilishga tayyorlanmoqda.
Ferran Martines (🌖): Jorje Mendesh Balde bilan uning kelajagi haqida gaplashdi. Biroq hozirgi vaqtda hech qanday takliflar yo'q.
Mendesh Balde istiqbolli o'yinchi ekanligini va turli klublar qiziqishini uyg'otishi mumkinligini tushunib turibdi. O'yinchi vaziyatni baholash uchun yanvarda nimalar sodir bo'lishini kutmoqda.
Mendesh, shuningdek, Baldening kelajagi borasida klub niyatlarini bilish uchun «Barselona» bilan muzokaralar o'tkazmoqchi. Maqsad — barcha kartalarni ochib, barcha tomonlarni qoniqtiradigan yechim topish uchun mumkin bo'lgan ssenariylarni o'rganishdan iborat.
Luis Roxo (🌗): «Barselona» ham Balde bo'yicha hech qanday taklif olmagan. Klubda Mendeshdan yangiliklar kutishmoqda, garchi hali biror qadam tashlash uchun juda erta bo'lsa ham.