Joau Kanselu o'z o'yini bilan Xansi Flikning ishonchini qozonmoqda. «Barselona» futbolchini asosiy tarkibda ko'rmoqda.
Toriblanco: Joau Kanselu o'z o'yini bilan Xansi Flikka uni faqat rotatsiya o'yinchisi sifatida ko'rib chiqishga imkon bermayapti.
U «Rasing», Daniya va Norvegiya darvozalariga gol urdi va doimiy ravishda ikkala qanotda ham xavf tug'dirmoqda. Bunday formada «Barselona»ga uni tarkibdan tashqarida qoldirish qiyin.
Diario Sport xabariga ko'ra, Joau Kanselu «Barselona»da o'ng qanot himoyachisi sifatida Xansi Flik uchun yangi variant bo'lishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko'ra, Joau Kanselu Xansi Flikka o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida yana bir variantni taqdim etmoqda.
Portugaliya terma jamoasi safida Kanselu yana o'ng qanotda harakat qildi va Daniya darvozasiga gol urdi. Erik Garsiyadagi noqulayliklarni hisobga olgan holda, portugaliyalik futbolchi «Barselona»da ham aynan shu pozitsiyada foydalanilishi mumkin.
Joau Kanselu «Oltin to'p» sovrini uchun Lamin Yamalni asosiy da'vogar deb biladi.
Joau Kanselu:
«Oltin to'p»ni yutishga loyiq yagona futbolchi – bu Lamin Yamal.
Lamin 19 yoshida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi: jahon chempionati, Yevro, «Barselona» bilan barcha sovrinlar, uning mavsumi shunchaki ajoyib o'tdi...
U shubhasiz, eng yaxshi yosh yulduz va dunyodagi eng yaxshi futbolchi.
Men uchun boshqa nomzod yo'q. «Oltin to'p» Laminga nasib etishi kerak.
Alejandro Balde jamoani tark etsa, "Barselona" o'z rejalari ustida ishlamoqda. Klubda himoya chizig'ini kuchaytirish bo'yicha uchta asosiy variant bor.
⚽️ "Barselona"da Alejandro Balde ketishi mumkin bo'lgan taqdirda uchta variant mavjud:
• Joau Kanselu uchun zaxira sifatida yangi chap qanot himoyachisini sotib olish.
• Jerar Martinni o'zining asosiy pozitsiyasiga qaytarish va markaziy himoyachi sotib olish.
• Yosh futbolchi Jordi Peskerga ishonch bildirish.
Joau Kanselu «Barselona»ga bo'lgan mehr-muhabbati, jamoa bilan bog'liq orzulari hamda Rodri haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
❓Sizni «Real» murabbiyi Joze Mourinyu ustidan qozoniladigan g'alaba ko'proq motivatsiya qiladimi? Hozirgi raqobat va avvalgi yillardagi qarama-qarshiliklarni hisobga olganda?
🗣 Kanselu: «Meni istalgan raqib ustidan qozoniladigan g'alaba motivatsiya qiladi. Gap faqat «Real» haqida emas, istalgan jamoa haqida ketyapti. Menga raqobat yoqadi, hayotimda ko'plab janglarda g'olib chiqqanman va kim bilan to'qnash kelishimdan qat'i nazar, yutishni yaxshi ko'raman. Bizda istalgan raqib bilan kurasha oladigan ajoyib jamoa bor deb hisoblayman».
❓Faoliyatingiz davomida o'zingizni «Barsa» bilan bog'laganingizni aytgandingiz. Futbolchilarni bu yerga nima undaydi?
🗣 Kanselu: «Har kim o'zi xohlagancha o'ylaydi. Men Dani Alvesga qarab o'sganman va u men o'ynaydigan pozitsiya uchun haqiqiy namuna. Kafu, Filipp Lam kabi ko'plab futbolchilar bo'lgan, lekin uning o'yini... Men ham xuddi shunday bo'lishni xohlardim. Bu ham asosiy sabablardan biri. Shuningdek, Ronaldinyo menga yoqardi. Nazarimda, 2009-yilgi «Barselona» men ko'rgan tarixiy jamoalar ichida eng kuchlisi edi. Shuning uchun ham men shu yerdaman. Bu yerda bo'lishni istayman va bundan juda xursandman».
❓Biz, «Barsa» muxlislarida sizning maydondagi kurashlaringizni ko'rganda hayajon uyg'onadi. «Barselona»ga bo'lgan bu his-tuyg'ularni qachon anglab yetgansiz?
🗣 Kanselu: «Valensiya»da o'ynab yurganimda bu yerga o'tish imkoniyatim bo'lgandi, lekin amalga oshmagan. «Manchester Siti»da bo'lganimda ham xuddi shunday holat kuzatilgandi. Qalbimning bir chekkasida «Barsa»da bo'lish qanday ekanligini ko'rish orzusi yashardi, chunki bolaligimdan shu klubni orzu qilganman. Birinchi mavsum biroz murakkab o'tdi. Ba'zi vaziyatlarda yaxshi o'ynadim, ba'zilarida esa yo'q. Jamoaga sovrinlar yutishda yordam bera olmadim. Ikkinchi marta esa... o'yladim: men APL, Bundesliga, A Seriyada g'olib bo'lganman, lekin bu yerda hamma narsa boshqacha. Buni ta'riflab berolmayman. Menga bu klub yoqadi, o'zimni u bilan bir butun deb bilaman. Odamlar meni yaxshi ko'rishini his qilyapman va men ham ularni yaxshi ko'raman. Bu his-tuyg'ular qorishmasi. Va'da beramanki, bor kuchimni shu klub uchun sarflayman va sovrinlar yutishga yordam berishga harakat qilaman».
❓Rodri «Barselona»ning Chempionlar ligasida g'olib chiqishi uchun yetishmayotgan bo'g'in bo'la oladimi?
🗣 Kanselu: «O'ylaymanki, u haqida ko'p gapirish shart emas. U buyuk futbolchi, yaqinda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritdi. U har qanday jamoaga moslasha oladi deb hisoblayman. U bu yerga kelishga qaror qildi. Unga ham bu yer yoqadi, klub ma'qul kelgan. Men kabi u ham «Barsa» o'yin uslubini o'ziniki deb biladi. Ishonchim komilki, u muvaffaqiyatlarimizda muhim rol o'ynaydi».
❓«Barsa» himoyasidagi sog'lom raqobatni qanday baholaysiz va jamoaga qanday yordam bera olasiz?
🗣 Kanselu: «Raqobat — bu yaxshi narsa, u jamoani kuchaytiradi: hamma sog'lom muhitda raqobatlashadi va yaxshiroq tayyorlanadi. Men nima qila olaman? Ko'rganingizdek, tezlik qo'sha olaman, texnik futbolchiman, to'pni oldinga yetkazishda yordam bera olaman. Eng muhimi, jamoaga yordam berishni xohlayman, qaysi jihatdan bo'lsa ham. Har doim o'zimni eng yaxshi tomondan ko'rsatishga intilaman. Ba'zida o'xshamaydi, lekin har doim hamma narsa eng yaxshi bo'lishini istayman. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Va'da beramanki, bor kuchimni shu klub uchun sarflayman».
«Barselona» yakshanba kungi «Elche»ga qarshi o'yinga qadar barcha yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Sport xabariga ko'ra, «Barselona» yakshanba kuni La Liga doirasida «Elche»ga qarshi o'tadigan bahsga qadar barcha yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Ro'yxatdan o'tkazish jarayoni payshanba kunidan boshlanadi. Joau Kanselu bilan bog'liq jarayon biroz ko'proq vaqt talab qilishi mumkin, chunki u jamoaga yaqinda kelib qo'shildi.
Deku "Barselona"ning transfer rejalari, tarkibdagi o'zgarishlar va jamoaning g'olibona loyihasi haqida gapirdi.
Deku "Barselona"ning transfer rejalari va jamoaning kelajagi haqida fikr bildirdi:
Bizdan ikkita hujumchi ketdi: Levandovski va Ferran. Ferran masalasida yangi xaridlar evaziga yechim topa olamiz deb o'ylayman. Robert bilan esa vaziyat ancha murakkabroq — bunday darajadagi futbolchini almashtirish juda qiyin, chunki u biz bilan birga butun bir davrni boshlab bergan o'yinchi. Ichki zaxiralar orqali yechim topish mumkinligiga ishonaman, garchi transfer oynasi yopilgunga qadar qandaydir harakatlar qilishimiz aniq.
Men yakunda eng yaxshi yechimni izlash kerak deb hisoblayman. Atrofda shov-shuv va gap-so'zlar ko'pligini bilaman. Transfer oynasi yopilgunga qadar nimalar qilishimizni aniqlash ustida ishlayapmiz.
Har qanday futbolchi "Barsa"da o'ynashni, bu muhitdan zavq olishni istaydi, ammo bunday saviyadagi o'yinchilarni taklif qilish uchun g'olibona loyihangiz bo'lishi kerak. Gordon, Adeyemi, Rodri, Kanselu kabi futbolchilarni ruhlantiradigan narsa ham aynan shu deb o'ylayman. Futbolchi haqiqatan ham "Barsa"da o'ynashni, tarix yaratishni va sovrinlar yutishni xohlaydi. Biz bunga erishdik. Klubdan tashqaridagi futbolchilar bu yerda g'alaba qozonish, baxtli bo'lish va tarix yaratish mumkinligini ko'rishmoqda. Menimcha, eng muhimi shu.
Karlos Monfort xabariga ko'ra, Joau Kanselu Barselonaga uchib ketmoqda. Futbolchi mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida yetib kelishi kutilmoqda.
Karlos Monfort xabariga ko'ra, Joau Kanselu Barselonaga uchib ketmoqda. Futbolchi mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida xususiy reyslar terminaliga yetib kelishi kutilmoqda.
Jerar Romeroning xabar berishicha, Barselona Kanseluni birinchi o'yinga ro'yxatdan o'tkazish uchun byurokratik masalalarni hal qilmoqda.
Jerar Romero xabariga ko'ra, Barselona Kanseluni birinchi o'yinga qadar ro'yxatdan o'tkazishga ulguradimi yoki yo'q, buni ko'ramiz. Klub bunga harakat qiladi.
Ma'lum bir byurokratik masalalar bor. Bu moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq emas, siz allaqachon Barselonada bu borada muammolar yo'qligini ko'rib turibsiz. Gap Kanselu bilan bog'liq hujjatlardagi masalalar haqida ketyapti, ular ustida butun yoz davomida ishlanmoqda.
Bisivu esa zaxira jamoasiga ro'yxatdan o'tkazilgan.
Joau Kanselu «Barselona»ning maqsadlari va jamoaviy muhit haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎤 Joau Kanselu:
«Barselona» darajasidagi klub barcha sovrinlar uchun kurashishga tayyor bo'lishi kerak. Bizning maqsadimiz — Chempionlar ligasida g'olib chiqish. Buning uchun kuchli jamoa va sifatli kundalik mehnat talab etiladi. Tajribali o'yinchilar yoshlarga, yoshlar esa tajribalilarga yordam berishi kerak».
Aleks Pintanel va Viktor Navarro xabariga ko'ra, Joau Kanselu bugun «Barselona» futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Aleks Pintanel va Viktor Navarro xabariga ko'ra, Joau Kanselu bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da «Barselona» futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Joau Kanselu "Barselona"ga qaytgani va jamoa bilan yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Joau Kanselu "Barselona"ga o'tishi va jamoadagi maqsadlari haqida gapirdi:
Kanselu: "Shunday bo'lishi ham mumkin ediki, men bir yilga "Al-Hilol"da qolib, o'ynamasligim mumkin edi. Men har doim "Barselona"ga qaytishni xohlaganman. Bu mening yagona maqsadim edi. Bunga o'zim, oilam va agentlarim yordamida erishdik, ular bunda katta rol o'ynashdi. Ular men faqat shu yerga qaytishni istayotganimni bilishardi, agar bu amalga oshmaganida, bir yil o'yinlarsiz qolardim".
Sizni intiqlik bilan kutishdi. Bu mavsumdan va qaysi qanotda o'ynashingizdan nimalar kutyapsiz?
Kanselu: "Men jamoaga yordam berishni xohlayman, o'ng yoki chap qanotda bo'lishining farqi yo'q. "Barsa"ga mavsum oxiriga qadar oldimizga qo'ygan maqsadlarga erishishda yordam bermoqchiman. Jamoadoshlarim ham xuddi shunday o'ylayapti deb o'ylayman. Bizda juda yaxshi jamoa va yuqori saviyadagi futbolchilar bor. Aytganimdek: bu yerda ekanligimdan juda xursandman, chunki bu mening bolalikdagi orzuim edi. Bu safar uzil-kesil va men juda mamnunman".
"Barsa"da "Manchester Siti"dan tanish bo'lgan Rodri bilan uchrashasiz. U jamoaga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Kanselu: "U men o'ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri. U ham himoyada, ham hujumda yordam beradigan futbolchi. U ham yordam berish uchun kelyapti. Uning mentaliteti yaxshi. Bizning munosabatlarimiz ham yaxshi. U bilan o'ynash juda oson. U "Barselona"ga yordam berish uchun kelyapti — bu unga ham boshidanoq aniq edi. Bu yerda bo'lishni istagan futbolchilarning bo'lishi muhim. Shunda ishlash va maqsadlarga erishish osonroq".
Endi "Barselona"ga ijara asosida emas, to'liq o'tyapsiz. Uch yillik shartnoma imzolaganingizga qanday qaraysiz?
Kanselu: "Yana takrorlayman: men juda baxtliman. Buni nafaqat men, balki oilam ham xohladi. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Menga bu klub va bu yerdagi futbolga bo'lgan munosabat yoqadi. Bu hujumkor jamoa, ular to'pni nazorat qilishadi. Men o'zimni shu bilan, shu klub madaniyati bilan bog'layman. Men boshidanoq bo'lishni istagan joydaman va juda baxtliman".
Jismoniy holatingiz qanday? Xansi Flik sizga qachon ishonch bildira oladi va debyutingiz qachon bo'ladi?
Kanselu: "Jismonan o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ikki haftalik ta'tildan so'ng mashg'ulotlarga qaytdim. Murabbiy menga qachon ishonch bildira olishini esa undan so'rash kerak. Ammo men o'ynashga tayyorman".
Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni faoliyatingizdagi eng muhim maqsad deb hisoblaysizmi?
Kanselu: "Ha, shubhasiz. Bu aniq. Agar bunga shu yerda erishish nasib qilsa, undan ham yaxshi".
Joau Kanselu «Barselona»ga o'tish istagi haqida gapirdi. Futbolchi «Al-Hilol»da qolishdan ko'ra kataloniyaliklar safida o'ynashni afzal ko'rmoqda.
Joau Kanselu o'z kelajagi haqida gapirdi:
«Men Dekuga shunday dedim: yo hozir «Barselona» bilan shartnoma imzolayman, yo bo'lmasa «Al-Hilol»da shartnomam tugaguniga qadar yana bir yil qolaman, hatto bu vaqt davomida o'yin amaliyotisiz qolishimga to'g'ri kelsa ham».
Joau Kanselu «Barselona»dagi holati va jamoaning yangi mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Joau Kanselu: «Bu mavsumda bizda ajoyib jamoa bor! Men nihoyat o'zim xohlagan joydaman. O'yinga tayyor bo'lish uchun butun hafta davomida qattiq shug'ullandim».